Xakerlar “Taxtlar o‘yini” yulduzlarining telefon raqamlarini oshkor etdi

HBO telekanali ma’lumotlarini o‘g‘irlagan xakerlar “Taxtlar o‘yini” yulduzlarining telefon raqamlarini internetga joylashtirdi. Bu haqda, The Independent nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Xususan, aktyorlar Emiliya Klark, Kit Xarington, Piter Dinkleyj va Lina Xidining telefon raqamlari, manzillari va elektron pochtalari oshkor etildi.

Bundan tashqari, serial yettinchi mavsumining beshinchi qismi ssenariysi internetda tarqatib yuborildi.

Источник: Дарё.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 76 | Добавил: Diller
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться