0

Vohid Abdulhakimning ilk yakkaxon konsert dasturi olqishlar bilan kutib olindi

Автор: PerFecTкатегория: Shou-Biznesдата: 20-Ноябрь-2016, 15:36

19 noyabr kuni poytaxtimizning "Turkiston” saroyida xonanda Vohid Abdulhakimning "Omad qushi” deya nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturi bo`lib o`tdi.

Xonanda dastur davomida konsertni ko`proq ijodiy kecha deb atash to`g`riroq bo`lishini ma`lum qildi. Xonandaning ilk konserti anshlag tarzda o`tdi desak mubolag`a bo`lmaydi. Konsertda 7 dan 70 yoshgacha bo`lgan muxlislarni ko`rish mumkin edi. 

Konsert dasturining rejissyori hamda boshlovchisi sifatida Comedy.uz rahbari Abror Baxtiyorovich ishtirok etdi. Baxtiyorovich bilan birgalikda konsertga Comedy.uz rezidenti Olim aka ham boshlovchilik qildi.

Vohid Abdulhakimning o`zi ham konsert dasturi boshlovchiligini ajoyib tarzda uddaladi. U har bir taronasi oldidan uning tarixiga to`xtalib o`tdi. 

Ta`kidlash joizki, uning farzandiga harom luqma edirib, ohirida bundan pand egan otalarga atalgan, shuningdek farzand dog`ida kuygan onaizor nolasini kuylagan taronalarini muxlislar ko`zda yosh bilan kutib olishdi.

3 ta blokdan iborat bo`lgan konsert dasturida xonandaning 21 ta qo`shig`i yangradi, shulardan 10 tasi yangi taronalar.


Bundan tashqari xonandaning Baxtiyorovich bilan ijro etgan hazilomuz jonli ijrodagi dueti tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.


Xonandaning sahnada o`zini madaniyat bilan tutishidan konsert berishda katta tajribaga ega san`atkorlar ham o`rnak olsa arziydi.


Konsertda "Tumor” raqs ansambli raqqosalari hamda raqqosa Shodiyora Omonova o`ziga xos raqslarini taqdim etishdi. 

Xonanda muxlislarini 20 noyabr kuni ham o`zining yakkaxon dasturi bilan hushnud etadi.

Manba: Darakchi.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги