Video: Odil Ahmedov o'z goli bilan jamoasi g'alabasiga hissa qo'shdi

Xitoy Superligasining 22-turida «Shanghay SIPG» o'z maydonida «Chuntsin Lifan» klubini 3:2 hisobida mag'lub etdi.


O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushib, 90 daqiqa o'ynadi va gollardan biriga mualliflik qilgan.


Bu g'alabadan so'ng, «Shanghay SIPG» musobaqa jadvalida 45 ochko bilan 2-o'rinda joylashgan.


Odil Ahmedov mavsum boshidan buyon 16ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi. 


Xitoy Superligasi, 22-tur

«Shanghay SIPG» - «Chuntsin Lifan» - 3:2

Gollar: Xalk (35 pen), Ahmedov (72), U Ley (88) - Hyuri (55 pen), Lyu (87)


Источник: Кун.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 112 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться