0

Uysiz-joysiz, giyohvand erkak oradan 13 yil o`tib, multimillionerga aylandi...

Автор: Adminкатегория: Dunyo newsдата: 10-Ноябрь-2016, 19:22

Hozirgi kunda Xalil Rafatiy AQShning Los-Anjeles shahridagi Sunlife Organics kompaniyasining rahbari bo`lib, uning 6 ta fitobari, sharbat ishlab chiqaradigan shaxsiy korxonasi mavjud, deb xabar qildi "Nonbox.ru” nashri.

Xalil Rafatiy Ogayo shtatida voyaga etgan bo`lsa-da, farovon hayot orzusida Los-Anjelesga ko`chib o`tadi. Undagi savdo-sotiqqa bo`lgan qiziqishi farishtalar shahrida o`z o`rnini topishga yordam beradi. Xalil sport avtomashinalari savdosini yo`lga qo`yadi, tez orada ishlari yurishib ketadi. Ilgari buncha pulni qo`liga ushlamagan Xalil aysh-ishratga berilib, giyohvandga aylanadi. 2001 yilda Xalil ko`p miqdorda giyohvand modda iste`mol qilgani tufayli vafot etishiga bir bahya qoladi. U juda qisqa muddatda omadli tadbirkordan uysiz-joysiz, giyohvandga aylanadi

Ammo u davolanishga o`zida kuch topa oldi. Xalil reabilitasiya markazida davolangach, hayotini boshqatdan, toza sahifadan boshladi. Uni do`stlaridan birida kuchli energetik quvvatga va vitaminlarga boy sharbat bilan tanishtiradi. Shundan keyin Xalilda  sharbat ishlab chiqarish g`oyasi tug`iladi. U banan va xurmodan tayyorlangan "Rosomaxa” sharbati savdosini yo`lga qo`yadi. Shifobaxsh sharbat haqidagi yangilik bir zumda tarqaladi. Odamlar ataylab bu sharbatni tatib ko`rish uchun kela boshlashadi, Xalilning savdosi yurishib ketadi. Shundan keyin Xalil sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniya ochadi. U 10 yilda qudratli sharbat imperiyasini yaratib, uning eng boy egasiga aylandi. Hozirda uning kompaniyasi 32 xil turdagi sharbat va yogurtlarni ishlab chiqarmoqda.

Xalil Rafatiy yordamga muhtoj insonlarni o`ylab o`tirmay, kompaniyasiga ishga oladi, chunki bundan 13 yil muqaddam  uysiz-joysiz ko`chada qolganda do`stlari yordam qo`lini cho`zganini hech qachon unutmaydi.



Manba: Darakchi.uz

Теги: oradan, giyohvand, multimillionerga, otib, YIL, ERKAK, aylandi..., 13, Uysiz-joysiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги