Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Pazandachilik (SIRLARI)
Unsiz va manniy yormasisiz pishiriq tayyorlaymiz
Unsiz va manniy yormasisiz pishiriq tayyorlaymiz
Дата: 25.06.2017, 08:40

Tvorog ko‘pchilik odamlarga yoqmaydi, lekin uni juda foydali bo‘lgani uchun yeydi. Ba’zi odamlar esa o‘z qomatini yaxshi saqlab turish uchun ertalab va ikkinchi tushlik paytida tvorog iste’mol qiladi. Lekin tvorogli taomnomani xilma-xil qilish uchun mazali toblama ham pishirish mumkin. Va bu oddiy toblama emas, u — juda nozik va yengil pishiriq! Shu bilan birga uning ichida un ham, manniy yormasi ham yo‘q. Retseptni yozib oling!

Kerak bo‘ladigan masalliqlar:

500 g tvorog
4 dona tuxum
7 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq qaymoq (20%)
2 osh qoshiq kraxmal
vanilin
agar xohlasangiz, mayiz qo‘shishingiz mumkin
Tayyorlanishi:

Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratamiz. Bir idishda tvorog, shakar, tuxum sarig‘i, kraxmal, qaymoq va vanilinlarni qo‘shib ko‘pirtiramiz.
Tuxumning oqlarini alohida ko‘pirtiramiz.
Tvorogli aralashmani ko‘pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtiramiz.
Endi asosiy aralashma ichiga ta’bga ko‘ra mayiz qo‘shing.
Tunuka tova ichiga pergament qog‘oz to‘shaymiz, uni sariyog‘ bilan moylaymiz. Uning ustiga tvorogli massani joylashtiramiz.
Tovani 180-200 daraja qizdirilgan duxovka ichiga 30-40 daqiqaga qo‘yamiz.
Yengil va yumshoq toblama tayyor. Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 1294
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты