0

"Ummon"ning sobiq a’zolari hozir qayerda? (foto)

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Shou-Biznesдата: 23.05.2019
Zohid kasal, Jasur nafaqat "Ummon"ni, balki san’atni tark etdi. Mashhur "Ummon" guruhining uchinchi a’zosi Shohruhchi? Shohruh nega jim? Bilamizki, guruh 2007 yilda tashkil topgan edi, avvaliga «Jazo» deb nomlangan, so‘ng «Ummon»ga o‘zgartirilgandi. Bu mashhur guruh ilk marta 2010 yilda «Turkiston» saroyining yozgi maydonida konsert bergan. Boshqalar nazdida hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo "bir mayizni qirq bo‘lib yegan" bu uch yigitga oxirgi yillarda nima bo‘ldi, deb hayron qolayotgandirsiz?! Eng qizig‘i, uchalasi ham miq etmaydi. Nega? Nima uchun?



Sal kam uch yil avval ular bir suhbatda jurnalistning "Bir-biringizdan “dam” oladigan paytlaringiz ham bo‘ladimi?" degan savoliga yigitlar ishonch bilan quyidagicha javob berishgan:
Jasur: — Alohida oilaviy dam olishimiz mumkin, biroq bir-birimizdan “dam” olgimiz kelmagan.
Shohruh: — Juda to‘g‘ri gap. Bilasizmi, aksincha biz charchaganimizda, tushkunlikka tushganimizda, xafa bo‘lganimizda bir-birimizga yaqin bo‘lib qolamiz. Ko‘proq suhbatda bo‘lishga, qo‘llab-quvvatlab, tushkunlikdan chiqarishga harakat qilamiz. Hayotda o‘zaro iliq, samimiy munosabatlarimiz bizga kuch berib turadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, guruhni tashkil etgan va uni birinchi tark etgan, shu bilan birga yuqoridagi savolga javob bermagan ham Zohid Rixsiyev bo‘ladi. Zohid Rixsiyevning bu qarori nafaqat do‘stlarini, balki muxlislarini ham xafa qilgani tayin. Chunki Shohruh o‘zining Instagram sahifasida, intervyularida bir muncha xafa bo‘lib javob berganlari bor. Guruhni tashkil qilgan Zohid bo‘lsa, uni saqlab qolishga harakat qilgan Shohruh bo‘ladi.

Xullas, nima bo‘lgan taqdirda ham, guruhning 10 yillik xizmatiga achinasan kishi! To‘g‘ri, bu juda kuyunadigan, jon berib achinadigan mavzu emasdir. Ammo o‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan guruhning mehnatlari mahsuli "ko‘milib" ketadigan bo‘ldi. Ular yashashi kerak edi! Ularning birgalikdagi ijodi yashnashi kerak edi!

Gapning indallosi, muxlislarni intizor kuttirmasdan guruh a’zolaridan tayinli javob olish maqsadida qo‘ng‘iroq qildik. Zohid Rixsiyevning ma’muri uning betob ekanligini, yaqin kunlarda ijodni davom ettirishini aytdi. Jasur Rafiqovni esa san’atni tark etdi, deyishdi. "Jasur Rafiqovning kelajakdagi rejalari qanday?" deb savol berganimizda, uning ma’muri "Bilmayman" deb javob berdi. Yagona jonkuyar Shohruh esa bu mavzuda haligacha jim!!! Xo‘sh, bu savollarga bir kishi javob beradimi yoki uch kishi?! Kutamiz!

Теги: Shov, biznes