Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Twitter’ning Xitoydagi kloni bozor qiymati bo‘yicha originalidan o‘zib ketdi

Автор: Activeкатегория: Texnoдата: 19-Октябрь-2016, 16:59
2009-yilda Twitter’ga taqlidan asos solingan Xitoyning Sina Weibo mikrobloglar servisi bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha undan o‘zib ketdi. NASDAQ birjasida 17-oktabr, dushanba kungi savdolar chog‘ida Weibo kapitallashuvi 11,32 milliard dollarga yetdi. Twitter’da bu ko‘rsatkich ayni paytda 11,22 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda "Vedomosti” xabar bermoqda.
Xitoy ijtimoiy tarmog‘i Twitter’ga nisbatan o‘z auditoriyasini faol kengaytirmoqda. Joriy yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha Twitter’da 313 million atrofida foydalanuvchi qayd etilgan va yillik o‘sish 3 foizni tashkil etgan. Weibo’dan esa ikkinchi chorakda 282 million kishi foydalangan, yillik o‘sish 33 foizdan iborat bo‘ldi. 

18-oktabr, seshanba kungi savdolar yakuni bo‘yicha Weibo bir aksiyasi qiymati 52,91 dollarga teng bo‘ldi va kompaniyaning bozor qiymati 11,41 milliard dollarga yetdi. JPMorgan taxminiga ko‘ra, kelgusi yil o‘rtalarida ushbu ko‘rsatkich 70 dollarga yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xitoyning internet-savdoga ixtisoslashgan Alibaba kompaniyasi Sina Weibo’ning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz

Теги: o‘zib, originalidan, Twitter’ning, bo‘yicha, ketdi, kloni, Xitoydagi, qiymati, bozor

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги