Twitter 2020 yilning ommabop tviti nomini ma'lum qildi
Дата: 09.12.2020, 19:18
Marvel kino olamiga tegishli «Qora pantera» filmidagi roli bilan tanilgan Bouzman 2020 yilning avgustida yo'g'on ichak saratoni oqibatida vafot etgandi. U 43 yoshda edi. Uning o'limi to'g'risidagi tvit ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng mashhur tvitga aylangan bo'lib, bir kun ichida u 5,7 milliondan ortiq layk to'plagan.
9 dekabr holatiga ko'ra, mazkur post 3,1 million marotaba retvit qilingan va 7,5 milliondan ortiq layk yig'gan.
Shuningdek, Twitter foydalanuvchilari tomonidan joriy yildan eng ko'p muhokama qilingan insonlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Birinchi o'rin AQSh prezidenti Donald Trampga nasib etgan, ikkinchi o'rinda — Qo'shma Shtatlarning saylangan prezidenti Jo Bayden. Uchinchi pog'onadan esa Jorj Floyd — Minneapolisda politsiyachilar tomonidan qo'lga olinish vaqtida vafot etgan afroamerikalik o'rin oldi.
2020 yilning eng mashhur xeshtegiga #COVID19 aylangan bo'lsa, ikkinchi o'rin #BlackLivesMatter’ga nasib etgan.