Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Turkiyalik yigit sevgan qizi bilan uchrashish uchun go`zallik saloniga paranji yopinib kirdi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 19-Октябрь-2016, 16:49

Turkiyaning Adana shahridagi go`zallik saloni xodimlari paranji yopinib kirgan mijozlardan biri erkak kishi ekanligini payqadi, deb yozadi "Vesti”. 

Qo`rqib ketgan ayollar paranji yopingan erkakni terrorchi deb o`yladi va polisiya chaqirdi. 

Turkiyadagi notinch vaziyat tufayli huquq-tartibot organlari xodimlari tezda hodisa joyiga etib keldi. Biroq, shubhali shaxs ular kelguniga qadar ketib bo`lgan edi.    

Maxsus xizmat xodimlari kuzatuv kameralari yordamida aniqlashicha, go`zallik salonining shubhali mijozi kichik yuk mashinasida kelgan va unda ortga qaytgan. Ular paranji yopingan erkakni topish uchun butun boshli operasiya o`tkazdi. 

Natijada salonga paranji yopinib kirgan shaxs 22 yoshli mahalliy aholi vakili ekanligini aniqlandi. 

Tergovda aniqlanishicha, u musulmon urf-odatlariga ko`ra sevgan qizi bilan unashtirilgan. Biroq qizning otasi rasmiy nikoh va to`ygacha ularning uchrashishiga qarshilik bildirgan. 

Kuyov go`zallik saloniga paranji yopinib kirishidan yagona maqsadi u erda ishlaydigan sevgan qizi bilan uchrashish ekanligini ma`lum qilgan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: paranji, QIZI, uchrashish, yigit, Turkiyalik, sevgan, BILAN, saloniga, UCHUN, gozallik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги