0

Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Sibirdagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 24.08.2019
AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Sibirdagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

Putin Trampga ko‘mak haqidagi taklif va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirgan hamda Rossiya tomoni zarur bo‘lganda bu yordamdan foydalanishini bildirgan.

Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbining taklifini kelgusida Moskva va Vashington aloqalari to‘liq izga tushishining kafolati sifatida qabul qilgan.
Ikki davlat rahbarlari o‘zaro aloqalarni telefon orqali muloqotlar va shaxsiy uchrashuvlar tarzida yana davom ettirish haqida kelishib oldi.

Теги: DUNYO, YANGILIKLARI, kunlik