Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Toshkentning Farobiy ko`chasidagi uy nima sababdan qulagani ma`lum qilindi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 27-Октябрь-2016, 16:08

2016 yil 26 oktyabr kuni 11:30larda Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Farobiy ko`chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to`satdan qulashi sodir bo`ldi

Yangi qurilayotgan uyning buzilishiga, katta ehtimol bilan beton qoplamaning me`yoridan ortiq bosimi sabab bo`lgan. Bu haqda "Gazeta.uz” xabar bermoqda

Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, erto`laga ega ikki qavatli bino shundoqqina ko`cha yoqasida («O`zbekiston» mahallasi) joylashgan bo`lib, unga savdo ob`ektlari va trenajyor zali (ikkinchi qavat)ni joylashtirish rejalashtirilgan.

Birinchi va ikkinchi qavat o`rtasidagi beton plitalar usti qurilish materiallar bilan to`ldirib tashlangan bo`lgan. Bundan tashqari, ular yangi emas edi, dedi axborot manbalari.

Og`irlikni ko`tara olmagan plitalar g`ishtli devorlar bilan birga qulab tushib, birinchi qavat va erto`la o`rtasini to`ldirgan.

Hodisa sodir bo`lgan vaqtda binoda 11 kishi bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, to`rt kishi qurbon bo`lgan (rasman uch kishi ekani xabar qilingan), yana bir kishining ahvoli og`ir.

Halok bo`lganlar orasida bino egasi ham bor, uning janozasi shu kunning o`zida o`tkazilgan. Uni tanigan mahalliy fuqarolardan biri u haqda ijobiy fikrlarni bildirdi: «U juda intiluvchan, doim izlanadigan inson edi. Endigina oyoqqa turgan, oldinda katta rejalari bor edi».

Halok bo`lganlar va jarohatlanganlar qutqaruvchilar kuchi bilan bino bo`laklari ostidan olindi. Ayni paytda hodisa joyida tozalash ishlari olib borilmoqda. Farobiy ko`chasi transport vositalari harakati uchun ochiq.


Manba: Darakchi.uz

Теги: qilindi, kochasidagi, malum, qulagani, UY, Farobiy, NIMA, Toshkentning, sababdan

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги