TOShKENTLIK HAYDOVChI YO`LOVChINI AEROPORTDAN "BUNYoDKOR" METRO BEKATIGAChA ELTIB QO`YISh UChUN 3300 RUBL OLDI

2017 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 14:00larda, Nizamov Nuriddin Kamalovich, fuqaro Umirov Xojiakbar Xamidullaevichning ishonchiga kirib, unga 100 Rossiya rubli evaziga o`zining "Neksiya” rusumli avtomashinasida aeroportdan Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor” metro bekatiga olib borib qo`yishni va`da qilib, biroq aytilgan manzilga kelganlaridan so`ng, Umarovga har bir bosib o`tilgan kilometr uchun 100 Rossiya rublidan to`lanishini tushuntirib, aldov yo`li bilan undan 3.300 Rossiya rublini qo`lga kiritgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 86 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться