0

Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar fosh etildi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 21.10.2019
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan fuqarolar B.T., U.M. va J.A.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV xabariga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi doirasida 2019 yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va DXX xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, yuqorida qayd etilgan shaxslarning Suriya davlati hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirib kelganlikda gumon qilingan 8 nafar jinoiy sheriklari aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ushbu shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan ashyoviy dalillar olindi. Olingan ashyoviy dalillar yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi IIV ma’lumotida.

Теги: kunlik, Yurtimizda, yangiliklar