TOShKENTDA "PROPISKA"SIZ YaShAGAN 4200 DAN ZIYoD KIShIGA JARIMA SOLINDI

O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, huquqbuzarliklar hamda favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahri hududida 2017 yil 30 iyul kunidan "Tozalash-Antiterror” tadbiri o`tkazilib kelinmoqda.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Tadbir davomida qo`p qavatli uylardagi 96864 ta xonadon, yakka tartibdagi 34380 ta xonadon va 5452 ta korxona-tashkilotlar tekshirib chiqildi. Mazkur tekshiruv jarayonida jami 4479 nafar shaxsga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, shundan ro`yxatdan o`tmasdan istiqomat qilayotgan shaxslarga nisbatan 4265 ta, propiskasi bo`lmagan shaxslarga turgan joyi bo`yicha yashashiga yo`l qo`yganliklari uchun jami 146 nafar xonadon egalariga va propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilganligi uchun jami 68 nafar fuqarolarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

"Tozalash-Antiterror” tadbiri davrida jami 56 nafar shaxs tibbiy muassasalarga joylashtirilgan bo`lib, ulardan 21 nafari spirtli ichimlikka ruju qo`ygan shaxslar, 14 nafari giyohvandlar va 21 nafarini tajovuzkor ruhiy kasallarni tashkil etdi.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 44 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться