0

Toshkent ko‘chalari bo‘ylab retro-avtomobillar karvoni o‘tdi (video)

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 23.05.2019
Kecha, 5 may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi.

O‘nlab retro avtomobil va mototsikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari O‘zbekiston bayroqlarini ko‘tarib, harbiy okrestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda“Retro Uz”klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam taassurot qoldirdi.

Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik xalqa yo‘li hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.

Теги: Yurtimizda