TOShBAQANING QORNINI YoRGAN VETERINARLAR UNING OShQOZONIDAGI NARSALARNI KO`RIB, HAYRATGA TUShIShDI (VIDEO)


Tailandning ekologik markazida yashovchi bu yashil toshbaqa dunyoda yo`qolib borayotgan noyob dengiz toshbaqasi turiga kiradi, deb xabar berdi Pozitivno.me nashri.

Odamlar so`nggi paytlarda toshbaqaning zo`rg`a harakatlanayotganiga, suzayotganligiga e`tibor qaratishdi. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi yillar mobaynida toshbaqa sayyohlar suvga tashlagan tangalarni yutish bilan mashg`ul bo`lgan. Toshbaqaning hayotini saqlab qolishga harakat qilgan veterinarlar etti soatlik operasiya o`tkazib, uning oshqozonidan 915 ta tanga va boshqa predmetlarni chiqarib olishdi.

Bu voqeadan keyin toshbaqaga "aqchadon” ("kopilka”) degan laqab qo`yildi. Aksariyat sayyohlar an`anaga ko`ra, turli orzu-niyatlar bilan suvga tanga tashlashadi. Ming afsuski, mazkur an`ana toshbaqaning umrini qisqartirdi, agar u dengizda yashaganda, yana yuz yil umr ko`rishi mumkin edi.






Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 195 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться