Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

To`yona qarzmi yoki sovg`a?

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 20-Октябрь-2016, 17:01

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

— Men bir korxonada kichik lavozimda ishlayman. Ancha yil avval o`g`il uylantirganimda, to`yga rahbarimizni ham taklif qilgandim. U kishi to`yga kelib, menga to`yona bergandi. Shu vaqt ichida rahbarimiz ikkita to`y o`tkazdi. Lekin men taklif kilinmadim. Bir haftadan keyin u kishi kenja o`g`ilini uylantirmoqchi. Voqeadan xabardor xizmatdoshlarimning ba`zilari «To`yona, bu — qarz. Aytilmagan bo`lsang ham birrov borib, tabriklab to`yonasini qaytar», deyishmoqda. Boshqalar esa «Aytilmagan joyga borish uyat. To`yona, bu — sovg`a. Qaytarish shartmas. Ayniqsa, rahbarga pul olib borsang, uni noqulay ahvolga solasan», degan fikrni bildirishmoqda. Endi men qanday yul tutay?

— To`yona qarz emas, hadya. Uni qaytarish shartmas. Agar to`yona berayotgan kishi «Mana bu senga qarz. Vaqti kelib qaytarasan» deganida, o`sha pulni qaytarish lozim bo`lardi. Pul berayotgan kishi «Mana buni olib qo`ying», deb biror narsani shart qilmadimi, demak, qarz emas. To`yona olgan odam imkonini qilsa, o`sha odamga ham to`y vaqtida biror narsada yordam berishi mumkin. Qodir bo`lmasa, bermaydi.

Kishi chaqirilgan joyga – agar yig`in shar`iy bo`lsa – borishi shart. Agar noshar`iy joyga taklif qilinsa, bormaydi.
Kishi biror marosimga xonadon egasi tomonidan taklif qilinmagan bo`lsa, boshqalarning «taklif»i hisobga o`tmaydi. 

Manba: Darakchi.uz

Теги: qarzmi, Toyona, yoki, sovga?

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги