Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Tishlar uchun «tez yordam»

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 24-Октябрь-2016, 13:25

Agar tishlaringiz bezovta qilsa-yu, stomatolog qabuliga borish uchun hafta oxirini kutishga to`g`ri kelsa, ungacha ahvolingizni yaxshilaydigan, og`riqni qoldiradigan oddiy reseptlarni bilib qo`yganingiz zarar qilmaydi. Og`iz bo`shlig`ining birmuncha ko`p uchraydigan kasalliklari haqida stomatolog-shifokor Erkin RASULOV ma`lumot beradi.

Karies

Karies tishlarni yaxshi tozalamaslik, tarkibida shakarli moddalar bo`lgan eguliklar iste`moli tufayli yuzaga keladi. Afsuski, shirinliklardan voz kechish oson emas, tishlarni mustaqil tozalash ham 100 foizlik samara bermaydi. Shu bois karies paydo bo`lishining oldini olish uchun ham hech bo`lmaganda yiliga ikki marta stomatolog ko`rigidan o`tib turish o`rinli. Bu sizni shifokor qabuliga birmuncha jiddiy muammolar bilan borishdan asraydi.

Karies yuzaga kelganda imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qiling. Ungacha uy sharoitida og`riq qoldirish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

  • bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi solib, kun davomida vaqti-vaqti bilan og`izni chayqab turish kerak.
  • Qora nonning yumshoq qismini sarimsoq piyoz sharbatiga aralashtiring. Hosil bo`lgan massani og`riyotgan tishga qo`ying.
  • Zirani kukun bo`lguncha maydalab, og`riyotgan tishga qo`yish mumkin.

Tish emali ta`sirchan bo`lib qolsa…

Buning sabablari turlicha. Masalan:

• Noto`g`ri ovqatlanish natijasida organizm emalning normal holati uchun kerakli moddalar bilan ta`minlanmaydi. Shirinliklar, shirin, gazlangan ichimliklar va nordon mahsulotlar tish himoya qavatining kimyoviy buzilishiga olib keladi.

• Tish nervi yallig`langanda, shuningdek, gigiena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ham tishlar issiq-sovuqqa ta`sirchan bo`lib qoladi...

Uy sharoitida qo`llaniladigan quyidagi muolajalar tish emalini mustahkamlashda yordam beradi:

  • 1 stakan yog`siz tvorogga 1 choy qoshiq zaytun yog`i aralashtiring. Hosil bo`lgan massani tishlaringizga 5-10 daqiqaga qo`ying. Keyin og`zingizni iliq suv bilan chaying. Muolajani 7-10 kunda bir marta qo`llang.
  • Og`zingizni kuniga 1-2 marta iliq ko`k choy bilan chayqang.
  • Elakdan o`tkazilgan bug`doy uniga 1 choy qoshiq asal qo`shing. Yaxshilab aralashtiring, hosil bo`lgan «xamir»ni tishlaringizga qo`shing. 10 daqiqadan so`ng avval qaynatilgan suv, keyin biroz isitilgan sut bilan chaying. Muolajani bir haftada 1-2 marta qo`llash mumkin.

Milklar qonasa…

Milklar yallig`lanishi, asosan gingivit belgisi hisoblanadi. Agar gingivit davolanmasa, birmuncha jiddiy muammo — paradontitga sabab bo`lishi mumkin.

Homiladorlik davrida ham milklar qonashi kuzatilishi mumkin. Bu organizmdagi gormonal jarayonlar bilan bog`liq. Shuningdek, chekish, stress va noto`g`ri parhez, qandli diabet kasalligi, organizmda S vitamini etishmasligi ham milklar qonashini keltirib chiqaradi.

Agar milklaringiz qizarib, og`risa, uy sharoitida qo`llaniladigan quyidagi reseptlar ayni sizbop:

  • Teng miqdordagi eman po`stlog`i va moychechak qaynatmasini aralashtirib, kuniga 2-3 marta og`zingizni chayqang. Bu milklar shishini, qonashini kamaytiradi.
  • Kuniga 2-3 marta zupturum (podorojnik) qaynatmasi bilan og`zingizni chayqasangiz, bu milklar yallig`lanishiga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
  • Teng miqdordagi bo`yimodaron (tsyachiletnik) va qichitqio`t (krapiva) qaynatmasi bilan og`zingizni ertalab va kechqurun ovqatlangandan keyin chaying. Bu milklarni mustahkamlaydi, ularning shishishi va yallig`lanishini bartaraf etadi.

Agar milklarga issiq ovqat yoki qattiq egulik bilan ziyon etkazib qo`ysangizu ular shishib, og`risa, marmarak (shalfey) qaynatmasini og`zingizga biroz vaqt solib turing. Muolajani kun davomida bir necha marta takrorlang.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Tishlar, yordam», «tez, UCHUN

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги