Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar

Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Avto
Tesla 9 kun ichida 100 milliard dollarga qimmatladi
Tesla 9 kun ichida 100 milliard dollarga qimmatladi
Дата: 09.12.2020, 19:18

Nasdaq’ning xabar berishicha, kompaniyaning umumiy qiymati 600 mlrd dollardan oshdi. 7 dekabrda kompaniya aksiyalari 7,1 foizga qimmatlashib, bir donasi narxi 641 dollarga yetgan.

Ushbu natija hisobiga kompaniya Amazon, Facebook, Apple, Alphabet va Microsoft kompaniyalaridan keyin kapitallashuvi 600 mlrd dollardan yuqoriroq bo'lgan dunyodagi 6-kompaniyaga aylandi.

Tesla aksiyalari 21 dekabrdan S&P birja indeksiga kiritiladi. Kompaniya ushbu indeksga kiritilishi 16 noyabrda ma'qullangandan keyin 220 mlrd dollarga (57 foizga) qimmatlashgan.

Tahlilchilarning prognoziga ko'ra, Tesla aksiyalari narxi yil oxirigacha 780 dollarga yetishi mumkin.

Bunday natijalar ortida Ilon Maskning boyligi 152,9 mlrd dollarga yetgan.

Mask bir necha haftadan beri dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida 2-o'rinni egallab kelmoqda. Joriy yilning o'zida tadbirkorning boyligi 120 mlrd dollarga ko'paygan.

Ayni vaqtda Mask bu borada Amazon rahbari, 185 mlrd dollarga ega Jeff Bezosdangina ortda qolmoqda.

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: Testla, mashinlari, qimatladi | Ko'rildi: 29
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты