Меню сайта

Главная

Музыки

Фильмы


СМС

Саундтрек

Онлайн
Поиск по сайту

Реклама
  REKLAMA UCHUN BO'SH JOY
​Taomlarga ikkinchi hayot beramiz
​Taomlarga ikkinchi hayot beramiz
Дата: 20.05.2017, 15:34

Ko`pgina uy bekalari mehmondo`stliklari sababli ko`proq taom tayyorlab qo`yishlari bor gap. Natijada, ovqat ortib qoladi, tashlash uvol, ertasiga uni egisi kelmaydiganlar ham bor. Bunday vaziyatlarda quyidagi shpargalkalarimiz juda qo`l keladi. 

1. Qolgan kabob


Kabob go`shtidan cho`g` ta`mi kelib turadigan mazali sho`rva tayyorlasangiz bo`ladi. Buning uchun qolgan go`shtlarni mayda qilib to`g`rang-da, suv quyib qaynating, so`ng kartoshka, sabzi, sholg`omni mayda qilib to`g`rab qo`shasiz. Sho`rva yanada to`yimli bo`lishi uchun vermisheldan solisangiz ham bo`ladi.

2. Karamli salat


Karam salatni ko`proq tayyorlab yuborgan bo`lsangiz, uni tovada baqlajon, pomidor, bulg`or qalampiri va kartoshka bilan o`simlik yog`ida qovurib oling. Sabzavotli raguga mayonez yoki ketchupdan qo`shib tanovul qilsangiz bo`ladi. Shuningdek, karamli salat dimlansa, pirojkilar uchun zo`r qiyma vazifasini bajaradi.

3. Qurib qolgan pishloq


Pishloq o`rab qo`yish yodangizdan ko`tarilgani uchun qurib qolgan bo`lsa, hech tashvishlanmang. Uni bo`laklarga bo`lingda, tuxum, un, tuz va ziravorlar aralashtirib tayyorlangan qaylaga bulg`ab, tovada ikki tomonini qizartirib oling. Ta`bga ko`ra, tuxumli qayladan so`ng, non urvog`iga bulg`ab qovursangiz ham bo`ladi. Mazali nonushta tayyor!

4. Chuchuk qatiqdan desert


Quymoq qildingiz-u, chuchuk qatiq ortib qoldimi? Undan engil va mazali tort tayyorlashga nima deysiz? 1 litr chuchuk qatiqni 1 stakan shakar va limon qirindisi bilan aralashtirib oling. 2 quti jelatinni suvda eritib, qatiqli aralashmaga soling. Avvaldan pishirib qo`yilgan biskvit yoki maydalangan pecheneli korj ustiga qatiqli massani solib muzlatgichga qotgunga qadar qo`ying.

5. Muzlagan chuchvaralardan pissa uchun xamir


Ba`zida chiroq o`chsa muzxonadagi tayyorlab qo`yilgan chuchvaralar erib, achinarli ko`rinishga keladi. tashlab yuborishga ko`zingiz qiymaydi. Endi ulardan pissa tayyorolaymiz. Demak, go`shtli xamirni yoyib, ustiga sous surting. Ta`bga ko`ra masalliq solib, «pissa»ni gaz pechiga joylang.

6. Ko`kat bandlari


Ko`katlarning qattiq bandlarini tashlab yuborishga shoshilmang. Yuvib, ip bilan bog`lang-da, sellofan paketga solib, muzxonaga solib qo`ying. Sho`rva tayyorlayotganda ko`katni muzxonadan olib, solasiz. Taom tayyor bo`lganida olib tashlashni unutmang. Sho`rvaning xushbo`y hidi butun uyga taraladi.

Manba: Darakchi.uz

Поделиться:
Метки: beramiz, ikkinchi, ​Taomlarga, Hayot | Ko'rildi: 1321
Статистика
Всего на сайте: 3
Гостей: 3
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика