Taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov yana televideniyega qaytdi

Bugun soat 21:00 da «Sport» teleradiokanalining to'g'ridan-to'g'ri efiri orqali uzatiladigan Italiya «A» Seriyasining yangi mavsumi birinchi turi uchrashuvlaridan biri — «Yuventus» - «Kalyari»ni Xayrulla Hamidov sharhida tomosha qilishingiz mumkin.

Sharh mobaynida Xayrulla Hamidov telekanal direktori Zohid Karimov bilan tandemda bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Xayrulla Hamidov 1999–2006 yillarda ham «Sport» telekanalida faoliyat ko'rsatgan va o'zining sharhlari va teleko'rsatuvlari bilan futbol muxlislari o'rtasida shuhrat qozongan edi. 

Biz ko'p ming sonli futbol ishqibozlari nomidan jurnalistning o'zining sevimli ishi bilan shug'ullanishi va kelgusidagi mehnatlarida zafarlar tilaymiz.

Источник: Кун.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 84 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться