0

Sutni ko`paytirishning 8 chorasi

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 19-Октябрь-2016, 12:59
  1. Kuniga besh-olti marta ovqatlaning. Ayniqsa, har emizishdan oldin oziqlansangiz, sut kelishi ancha jadallashadi. Lekin juda to`yguncha emang.
  2. Ba`zilar sut ko`payishi uchun emizayotganda oyoqni issiq suvga solishni maslahat berishadi. Lekin unutmaslik kerakki, varikoz kasalligi mavjud bo`lgan ayollarga bu usulni qo`llash mumkin emas.
  3. Tungi emizishlar ham bu borada juda foydali. Chunki tunda prolaktin gormoni ko`p miqdorda ishlab chiqariladi. Bu gormon esa sut ishlab chiqarishga javobgar. Shuning uchun kechasi emizish sut ko`payishiga yordam beradi.
  4. Emizikli ona imkon qadar ko`p suyuqlik ichishi kerak (2 litrdan kam bo`lmasin). Aytishlariga qaraganda, emizishdan yarim soat oldin bir stakan suv ichgan onaning suti ko`payadi.
  5. Ayolning etarlicha dam olishi, toza havoda ko`proq bo`lishi, shuningdek, ruhiy holati ham sut miqdoriga ta`sir qiladi. Go`dak uchun sut etarli bo`lishi onaning ruhiy xotirjamligiga ham bog`liq.
  6. Arpabodiyon damlamasi bu borada mashhur. Bir stakan qaynoq suvga ikki choy qoshiq arpabodiyon urug`i solinib, bir soat damlab qo`yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin sovitilgan holda 2 osh qoshiqdan ichiladi. Bunda ham bolaga ta`sirini albatta kuzating.
  7. Kichkintoyingizga ko`proq ko`krak tutishga harakat qiling. Chunki aynan so`rg`ich aylanasidan miyaga bola ko`krakni so`rayotgani va unga sut etkazib berish kerakligi haqida signal boradi.
  8. 1 stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiq shivit urug`i solib, 2 soat tindiriladi. Kuniga 6 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Manba: Darakchi.uz

Теги: Sutni kopaytirishning 8 chorasi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги