0

Sochingiz to`kilayaptimi, uni oldini oling!

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 19-Октябрь-2016, 15:59

Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Uni tayyorlash uchun o`simlik hamda kanakunjut (kastor) moyi 1:9 nisbatda aralashtiriladi (choy qoshiqda hisoblang) va soch ildiziga surtiladi. So`ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuviladi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo`ljallangan shampundan foydalanish kerak. Bu usul haftada 2 marta, jami 10 marta takrorlanishi lozim.

Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq gliserin, 1 choy qoshiq 0,9 % li sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Sellofan qalpoq kiyib, ustidan issiq sochiq o`raladi. Sochiqni issiqligi ketishi bilan almashtirib turish lozim. Yarim soatdan so`ng tuxum sarig`i qo`shilgan shampun bilan yuviladi. Niqobni haftada ikki marta, jami 8 marotaba bajariladi.

Normal sochlar uchun namlantiruvchi niqob. Soch tolalari va ildizlarini namlantirib, ularning to`kilishiga qarshi niqobni tayyorlash juda oson. Buning uchun 37 darajagacha qizdirilgan qatiq soch tolalari va bosh terisiga surtiladi. Ustidan pergament qog`oz bilan o`rab, iliq sochiq yopiladi. 20-30 daqiqadan so`ng sochga yana qatiq surtilib, bosh terisi barmoq uchida engil massaj qilinadi. So`ngra soch iliq suvda, shampunsiz yaxshilab yuvib tashlanadi. Bu usulni oyiga 4 marta bajarishni unutmang! 

Yog`li sochlar uchun niqob. 1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo`lak ezilgan sarimsoq, 1 choy qoshiq aloe sharbati aralashtirilib, nam sochga surtiladi. Boshga  polietilen qalpoq kiyib, sochiq bilan yaxshilab o`raladi. 30-40 daqiqadan so`ng sochni iliq suvda sovunsiz yuvish kerak. Sochdan sarimsoq hidini ketkazish uchun esa xantal qo`shilgan suvda yuvib, toza suv bilan chayishni unutmang.

Manba: Darakchi.uz

Теги: tokilayaptimi, oldini, oling!, Uni, Sochingiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги