​ShVEYSARIYaDA QO`NG`IZLI BURGERLARNI SOTISh YO`LGA QO`YILDI

Shvesariyaning Coop supermarketi tarmoqlari vakili yaqin kunlarda firmaning ettita do`konida qo`ng`izlardan tayyorlangan burger va kotletlar sotilishi yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri. 

Qo`ng`izlardan tayyorlangan ikki kotletning narxi 9,25 dollarni tashkil etadi.

Coop vakillari Essento Insect Burgers ning yangi mahsuloti "o`ta to`yimli” ekanligini ma`lum qilishdi. Kotlet tarkibiga qo`ng`izdan tashqari guruch, sabzi va turli ziravorlar qo`shiladi. Mazkur mahsulot avgust oyining oxiriga qadar savdoga chiqarilishi ko`zda tutilgan.

"Qurt-qumursqadan tayyorlangan taomlarini sotish imkoniyatlari kengdir. U zamonaviy parhez uchun ideal darajadagi qo`shimcha bo`la oladi”, dedi supermarket tarmog`i vakili.

Coop ma`muriyati yilning oxiriga qadar qurt-qumursqadan tayyorlangan mahsulotlar sonini oshirishga va`da berdi.

Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 100 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться