Sherzod Shermatov: "Kelgusi yilda test javoblari o'sha kuniyoq e`lon qilinishi mumkin"


Kelgusi yilda OTMga kirish imtihonlarini mutlaqo yangicha formatda o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Hukumat hamda DTMga qabul imtihonlari jarayonini tubdan o'zgartirish bo'yicha alohida topshiriq ham berilgan. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov Xalqaro Press-klubning 16 avgust kuni o'tkazilgan navbatdagi sessiyasida xabar berdi. Endilikda test javoblari imtihon yakunidan so'ng, o'sha kuniyoq e`lon qilinishi mumkin. 

Xalqaro Press-klubning "O'zbekistonda mobil aloqa: muammo va yechimlar” mavzusida navbatdagi anjumanida jurnalist Baxtiyor Nasimov "kirish imtihonlari vaqtida mobil aloqa xizmatini o'chirmasdan, zamonaviy axborot texnologiyalari yechimidan foydalanish imkonini ko'rish vaqti kelmadimikin?", degan savol bilan murojaat qildi. 


Mazkur masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov o'z munosabatini bildirdi:
"Savol o'rinli. Men bu lavozimga o'tishdan avval, Inha universitetining rektori bo'lib ishlaganman. Oliygohda 4 yildan beri qabul imtihonlari o'tkazilib kelinadi. Siz biron marta imtihon vaqtida telefon o'chirilgani, internet ishlamagani yoki abituriyentlar shpargalkadan foydalanib, o'qishga kirganini eshitdingizmi? Mobil aloqalarni o'chirishni imtihonga bog'lash kerak emas. Hozirda kelasi yildagi imtihon jarayonlarini tubdan o'zgartirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'ylaymizki, yangi yondoshuvlar qo'llanilsa, albatta, yuqoridagi masala ham hal etiladi".

Источник: Кун.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 66 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться