Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hindistonlik hamkasbi Ram Natx Kovindga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.


"Kuchli suv toshqinlari hamda Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi habar bizni qattiq qayg‘uga soldi”, — deyiladi maktubda.

Davlat rahbari Hindiston prezidentiga va xalqiga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi, nobud bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishni tiladi.



Источник: Дарё.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 163 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться