Shahzoda Matchonovaning kelinlik libosidagi surati e`lon qilindi(Foto)

Aktrisa Shahzoda Matchonova bugun, 25 noyabr kuni turmushga chiqmoqda. 

Shahzoda va uning turmush o`rtog`i Omarning nikoh kechasi poytaxtdagi “Yakkasaroy” restoranida bo`lib o`tadi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning to`y libosida tushgan surati e`lon qilindi. 

Unda Shahzoda qaymoqrangdagi kelinlik libosida va boshiga ko`ylakka mos tushuvchi shlyapa kiyib turganini ko`rish mumkin. 

Avvalroq aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To`raxonov bilan suhbatda to`yi uchun hashamdor va jimjimali ko`ylakni tanlaganini ma`lum qilgan edi.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Shou-Biznes | Просмотров: 826 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться