Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqealar rivoji 7-qism

- Menga buni yuboribsiz. Bular men uchun oddiy qog'oz. Siz uchun esa bu qog'ozlar hayotdir. Xotiningizga biror nima sotib olarsiz.
Emir jaxli chiqqanicha, konvertni yirtib tashlaydi. Kemal Nihanga yuzlanadi. Nihan ularning yoniga keladi.
Kemal: - Nihan xonim!
Ular qo'l berib so'rashadi.
- Sizga cheksiz baxt tilayman! - deydi Kemal.
Emir: - Janob Kemal. Bizning hamkorimiz. Turkiya guruhining direktori.
Kemal va Nihanning bir-biriga qarashlarini ko'rgan Emir:
- Sizlar tanishmisizlar? - deydi.
Kemal: - Nihan Sezin.
Nihan qotib qoladi. Emir bundan hayratga tushadi. Kemal esa asta bazmdagilar bilan tanishib chiqadi. Onder va Vildan ham bazmda turishganda Nihanning dugonasi Vildanga pichirlaydi:
- Janob Galipga yaqin turgan odam kim?
Vildan ortiga qaraydi va Kemalni ko'rib hayratfa tushadi. Kemal Vildanga qaragancha kulib turadi. Vildan dovdirab ortidagi xizmatkorga turtilib ketadi. So'ng uni tergab ketadi. Vildan Nihanga ishora qilib ortidan kirishini bildiradi.
Vildan: - U bu yerga qanday keldi? Uni kim taklif qildi?
Nihan: - Emir
Vildan og'zi ochilib qoladi. Nihan Kemalni Emirning hamkori ekanligini aytadi. Vildan esa Nihanga marosimga chiqishini kecha muammosiz o'tishini ta'kidlaydi. Nihanning dugonasi Kemalni ko'rsatadi.
Emir kelib Nihanning qo'lidan ushlab, uni yolg'iz qoldirmasligini aytadi.
Kemal esa Ko'zchiog'lu hamda Sezinlar oilasi bilan suxbatlasharkan. Bu yerda qolib ketgan ishlarini bitirgach Istanbulga qaytishini aytadi.
Onder Vildanni Kemal bilan tanishtiradi.
Musiqachilar bilan Ozan davrani o'rtasiga chiqishadi. Ozan ularni tabriklaydi va Emir va opasi Nihanni davraga taklif qiladi. Emir va Nihan birgalikda valsga tushishadi.
Hammaning ko'zi ularda. Raqs nihoyasiga yetgach, hamma qarsak chaladi. Emir bazmga yig'ilganlarga gapiradi. Nihanning qo'lini qattiq tutib oladi. Nihan qo'lini olishga urunsada, Emir uni qo'lini qo'yib yubormaydi. Hammaning ko'z o'ngida Nihandan bo'sa oladi. Nihan dovdiragancha mehmonlarga qaraydi. Ular orasidan Kemalni izlaydi. Afsuski Kemal ketib bo'lgan bo'ladi.
Asu uyida dasturxon tayyorlab Kemalni kutayotgandi. Shu payt telefon jiringlaydi.
Haqqi Bey: - Salom sevimli jiyanim Asu. Nima qilyapsan? Mehmon kutyapsanmi?
Asu: - Salom. Yo'q... Ha shunaqa desa ham bo'ladi. Kemalni kutayotgandim. U kelishi kerak edi.
Haqqi Bey: - U senga indamadimi qizim? Kemal qaytmaydi. U o'sha yerda qoladi. Senga bu haqida xabar bermadimi?
Asuni hafsalasi pir bo'ladi. Narsalarni yig'ishtirishga tushadi.
Emir xonaga kiradi. Nihan dengizga qaragancha ichimlik ichib turardi.
Emir uning yoniga boradi. Nihan vannaga kirmoqchi ekanini aytadi. Emir uni to'xtatib asta unga tegina boshlaydi. Nihanni quchoqlab, uni o'pa boshlaydi.
- Emir iltimos, qo'yib yuboring. Iltimos qo'yib yuboring. Emir sizdan so'rayapman! - deydi Nihan va Emirni bir surib yotoqqa yiqitadi.
Emir: - Uzr Nihan. Meni kechir. Lekin men seni xoxlayman.
Nihan: - Faqat siz. Hoh 5 yil, hoh 10 yil o'tsin. Hechqachon men sizni xotiningiz bo'lmayman.
Emir xonadan chiqib ketadi. Nihan so'mkasini ko'targancha u ham ketadi.
Kemal va Salih birga ichib o'tirishardi. Kemal o'tgan besh yili haqida gapiradi. Ular anchagina dardlashishib o'tirishadi. So'ng uyiga qaytishadi.
Nihan ham taksida sohil bo'yiga keladi. Kemal ham piyoda sohil tomon yurib boradi. Ularni xotiralari qolib ketgan kemaga Nihan nazar soladi. So'ng o'sha kemaga chiqadi. Nihan Kemalning uzukni ko'rsatgan vaqtini eslaydi. U kemaning xonasiga kirib olib yotib oladi. Shu xonaga Kemal bilan qanday kirganini eslab uxlab qoladi.
Kemal ham yetib keladi:
- Salom, chiroyligim!
Nihan ko'zini ochadi.
- Men seni sog'indim. Lekin seni unutmadim. Ehtimol men qochib ketgandirman. Biz shu yerda yashaganmiz. Men, sen va u. Mumkin emas, Mumkin emas. Eslamaslik ham mumkinmi?
Kemadan Nihan chiqib keladi.
Kemal: - Nihan xonim. Siz bu yerda nima qilyapsiz? Siz xozir turmush o'rtog'ingiz yonida bo'lishingiz kerakmasmi?
Nihan: - Sen mendan nima xoxlaysan Kemal?
Kemal: - Bu yerga siz keldingiz.
Nihan: - Nima uchun qaytding?
Kemal: - Ish bilan. Siz bu yerga mendan javob olgani keldingizmi?
Nihan: - Bu yerga boshpana izlab keldim. Sen mendan nafratlanasanmi?
Kemal: - Yo'q
Nihan: - Nega uyga bazmga bording? Nima uchun rozi bo'lding?
Kemal: - Chunki men seni ering bilan ishlayapman.
Nihan: - Sevgan ayolingiz eri bilanmi?
Kemal indama deganday barmog'ini Nihanning labiga olib boradi.
- Sen meniki emassan Nihan! Ortiq men uchun hechkim emassan! - deydi Kemal.
Ular shunday deb biroz suxbatlashishadi. So'ng Kemal Nihanni qo'lidan yetalab kemadan ketishini aytadi.
Kemal: - Hadeb bu yerga kelavermagin!
Nihan: - Sen menga bunday muomila qilmagin.
Kemal: - Eringga shikoyat qilaman. Buni qaranglar. U mening hislarimni qaytarmoqchi.
Nihan: - O'ylaysanki, sen bitta o'zing jazolanding... Afsus!...
Nihan asta ortiga o'girilib ketadi...

Davomi haqida endi keyingi sonlarda gaplashamiz...

Active tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan uzbekona.uz sayti mualliflik
huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa
manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa
saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
Manba: "Uzbekona.Uz"


Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 79 | Добавил: Active | Теги: Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqeala
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться