Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqealar rivoji 5-qism (Kemal Emirga qarshi ish boshladi)

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari!
Serialning qizg'in jarayonlari hali oldinda. Ma'lum sabablarga ko'ra serialning voqealar rivojini yoza olmadik. Endilikda sizlarga iloji boricha tushunarli va to'liq voqealar rivojini taqdim etamiz. Sizlardan shuni iltimos qilardik. Saytimizga serialning ashaddiy fanatlarini yig'ishda yordam bering. Buning uchun shunchaki saytimizni ya'ni uzbekona.uz ni reklama qilishingiz va tavsiya qilishingiz so'raladi. Do'stlaringizni saytimizga taklif eting!
Voqealar rivoji davom etadi.


Nihan ortiga qaraydi. Kemal uning ro'parasida turardi.
- Nega meni yonimga kelmading. Sen qo'rqding. Men seni sog'inmagan bo'lsamchi? Seni unutgan bo'lsamchi?
Nihan: - Men hozir ham seni kuchli sevaman. Agar men senga hammasini aytadigan bo'lsam... Agar...
Shu payt "Nihan" degan ovoz keladi. Nihan uyga qaraydi. So'ng "Kemal" deya ortiga o'girilsa, Kemal g'oyib bo'lgan bo'ladi.
Nihan uxlayotgandi. Yonida Kemalning chizilgan rasmi turardi. Eshikni Emir taqillatib Nihanni uyg'otvoradi. Nihan shoshgancha rasmlarni yashiradi va eshikni ochadi.
Emir: - Endi eshikni yopib oldingmi?
Emir darxol deraza eshiklari pardalarini ochadi. Nihanning oyisi va dadasi nima bo'lganini so'raydi. Nihan shunchaki ishlab charchab uxlab qolganini, Emir uni uyg'otib yuborganini aytadi.
Onder va Vildan xonadan chiqib ketadi.
Emir: - Bu eshik boshqa yopilmasin.
Nihan esa bundan endi havotirlanmasligini aytadi. Emir ham xonadan chiqib ketadi. Emir Vildan va Onder bilan hayrlashgancha ishga ketadi.
Nihan bog' tarafdagi eshikdan chiqadi va Emirning ishga ketayotganini ko'radi. Behosdan osmondagi varrakga ko'zi tushadi va 5 yil avvalgi xotiralarni eslaydi.
Nihan mashinadan tushib keladi. Kemal esa varrak uchirgancha Nihanni yoniga chaqiradi. Nihanga varrak uchirishni o'rgatadi.
Nihan o'sha damlarni eslaydiyu, varrak uchirilgan tepalik tomon yuguradi. Uning nazarida huddi Kemal uni chorlagandek edi. Nihan tepalikka borsa, ikkita kichkina bolakaylar varrak uchirayotgan edi. Nihan yana xotiralar o'gushida qoladi va yig'lagancha ortga qaytdi.
- Jinnisan Nihan, Jinnisan... - deydi o'ziga o'zi.
Yig'lab qaytayotganda yo'lda unga Leyla uchraydi. Nihan yig'lagancha Leylaning bag'riga tashlanadi. Nihan Leyla bilan uning uyiga borishadi. Nihan Leylaga Kemalni ko'rganini aytadi.
Emir va Kemal kim oshdi savdosidagi yig'ilishda qarama-qarshi o'tirishardi. Barcha homiylar o'z narxlarini qo'yadi.
Alajaxan Xolding tomonidan 125 million dollar taklif etiladi. So'nggi taklif Ko'zchiog'lu Xolding tomonidan 150 million dollar ko'rsatiladi. Emir va Kemal bir-biriga ma'noli qarash qilishadi. Ular birgalikda kim oshdi savdosida bellashadi.
Kemal: - 150 million dollar.
Emir Ko'zchig'lu: - Ikki yuz... Ikki yuz ellik million dollar.
Kemal bo'ldi deganday ishora qiladi. Emir Ko'zchig'lu Tender g'olibi bo'lib chiqadi.
- Yutishim doimo aniq Janob Kemal. Tanishganimdan xursandman!
Emir shunday degancha chiqib ketadi.
Emir ketishiga Kemal Haqqi Beyga qo'ng'iroq qiladi:
- Salom Haqqi Bey. Ko'zchiog'lu g'olib chiqdi. Men ikkinchi bosqichga tayyorman.
Leyla Nihanga Kemal bo'lib turishini va unga qanday gapirishini so'raydi.
Nihan: - Ket Kemal. O'tinib so'rayman.
Leyla: - Nima uchun?
Nihan: - Sen tufayli hayotim ostin-ustun bo'lishini xoxlamayman.
Leyla: - Men shu Istanbulda tug'ilganman. Oilam ham shu yerda. Sendan so'rab yurishim kerakmi?
Nihan: - O'tinib so'rayman ket. Yuragimdan chiqib ket.
Leyla: - Nega uni ketishini istayapsan. U yuragingdaku!
Leyla Nihanni bag'riga bosadi.
Emirning xodimlari xonaga yig'ilishadi va yangi kompaniya bilan hamkorlikni boshlashganini aytishadi. Ushbu kompaniya juda ham tez rivojlangani va egasi yaxshi odam ekanligini aytishganda
- Sizning yangi hamkoringizman. - deb Kemal kirib keladi.
Emir uni ko'rib hayratga tushadi.
- Sizga aytgandim. Vaqt bebaxo boylik - Kemal stulga o'tiradi.
Emir Kemalning taklifini rad etib, chiqib ketadi. Kemal esa bundan lazzatlanadi.
Emir dadasining yoniga kiradi. Galip Emirdan imzo chekishini so'raydi. U Emirning xato qilmasligini ta'kidlaydi.
- Emir shuni unutmagin. Sen chiqindilarni boshqararsan, lekin bu mening chiqindim hisoblanadi.
Galip shunday deb xonadan chiqib ketadi. Emir jaxl bilan hujjatlarni ochadi va Kemalga ko'zi tushadi.
- Sen kimsan? - deb jaxl qilgancha, hujjatlarga imzo chekadi.
Xodima qiz Kemalga kelishuv hujjatlarini olib kelib beradi. Kemal esa Haqqi Beyga qo'ng'iroq qilib, Emir imzo qo'yganini aytadi.
Kemal: - Endi Emir Ko'zchiog'lu bizning qo'limizda. Uni bemalol yo'limizga sola olamiz.
Haqqi Bey: - Ha juda yaxshi. Barakalla o'g'lim. Asu ham yonimda. U seni tabriklayapti.
Asu: - Allo, Kemal. Tabriklayman! Buyuk ish qildingiz.
Kemal: - Rahmat Asu. Biz hammamiz mamnunmiz.
Asu: - Siz qachon qaytasiz?
Haqqi Bey bu boshqa savol ekanini aytib, Asudan telefonni oladi. Haqqi Bey Kemalni Istanbulda qolishi haqida gaplashadi.
Kemal Salih, dadasi Xuseyn hamda akasi Tarik bilan sevimli barida birga ovqatlanib, gaplashib o'tirishadi. Kemal esa Orif otadan sevimli taronasini so'raydi.
Kemal qo'shiqni eshitarkan birdan mayuslashib qoladi.
Ko'zchiog'lular xonadonida ham kechki ovqat edi.
Kemal sohil bo'yiga borib o'tiradi. Ikki tomonda ikki sevishgan ayriliq hijronida. Kemal qo'liga bir mushakni oladi va osmonga qarata otadi. Nihan ushbu yog'duni ko'rib qoladi.
Nihan xonasiga kirib ketadi. Oynaga termuladi va yuzini yuvadi. So'ng yig'lashga tushadi. U juda ham qiynalardi. Qo'lidagi chizilgan belgini o'chirishga urunadi.
Kemal qayiqqa yotganicha bir qo'shiqni xirgoya qiladi. U mast edi. Salih asta uning yoniga keladi.
Tong otdi.
Kemal ish joyiga keladi. Xodima qiz Kemalga xat kelganini aytadi. Unda Nihan va Emirning to'yiga 5 yil bo'lgani munosabati bilan taklifnoma kelgan edi.
Kemal Leyla bilan suxbatlashishadi. Nihan uni qiziqtirmasligini, u Emir Ko'zchiog'lu bilan ishlarni bitirishi kerakligini aytadi.
Leyla Haqqi Bey hamda Asu yo'lga chiqqanini tez orada kelib qolishlari mumkinligini Kemalga aytadi. So'ng Nihan ham Leylaning uyiga kelgani haqida gaplashishadi.
Kemal taklifnomani axlat qutiga tashlab yuboradi. Leyla varraklarni yig'ishtirayotsa, pastdan uni Onder kuzatib eski xotiralarni eslaydi. Shu payt Vildan qo'ng'iroq qiladi va uni qayerda ekanligini so'raydi. Onder esa piyoda ketayotganini biroz havo almashtirib yurganini aytadi.
Kemal tashqariga chiqadi. Ortidan Tufan chiqadi va Emir Kemal uchun yangi bir taklif bilan chiqqanini unga aytadi. So'ng Kemalga konvertni uzatadi. Kemal konvertni ochib qarasa katta miqdorda pul yozilgan chekni ko'radi.
Kemal: - Janob Emir meni og'zimni pul bilan yopmoqchiga o'xshaydi. Mayli men buni qabul qildim. - deydi.
So'ng mashinaga chiqib ketadi. Emir va Nihanning bazm kechasi boshlandi. Kemal ham bu yerga tashrif buyuradi.
Kemal asta bazmga kirib kelardi. Ichkariga kirib ketayotgan Nihan behosdan kirib kelayotgan Kemalga ko'zi tushadi va unga qaragancha hayratda qoladi. Kemal indamay kirib boradi. Nihan ham uning yoniga yaqinlashayotganda Emir Kemalning yoniga kelib qoladi.
- Janob Kemal. Bu syurpriz bo'ldi.
Kemal: - Siz menga kichik sovg'a yuborgan ekansiz. Buni qaytib oling. Kechirasiz!
Emirning qo'liga konvertni tutqazadi... 

Davomi haqida endi keyingi sonlarda gaplashamiz...

Active tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan uzbekona.uz sayti mualliflik
huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa
manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa
saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
Manba: "Uzbekona.Uz"



Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 25 | Добавил: Active | Теги: rivoji, QARSHI, turk, iztirobi, voqealar, sevgi, Emirga, seriali, (Kemal, 5-qism
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться