Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqealar rivoji 4-qism (Emir Kemal bilan tanishmoqchi)

Kemal mashinada ketadi.
Nihan va dugonasi gaplashib turgan payti Nihan Emirning internetdagi maqolasiga ko'zi tushib qoladi. So'ng Emirga qo'ng'iroq qiladi. Emir esa xonasida bir qiz bilan yotardi. Ular gaplashib bo'lishgach, Emir xizmatkoriga qo'ng'iroq qiladi va o'rnidan turib ketadi.
Amirning xizmatchisi tadbirkorlar bilan gaplashib turishib, Kamol kimligi haqida gaplashishadi. Ular uning ismini birinchi marta eshitishgani, u haqida hali hech nima bilmasliklarini aytishadi.
- Kemal Soyder!
Shunday deb Kemal ularning yoniga keladi.
- Tufan Kaner. Emir Kozchiogluning xodimiman.
Kemal ular bilan salomlashgach, biznes reja haqida suxbatlashishadi. Kemalga Tufanning gaplari ma'qul kelmaydi va ular bilan hayrlashadi.
Kemal sohil bo'yiga keladi va ko'ngli g'ash bo'lib kemaga qaraydi.
Kemada bazm. Emir, Nihan va mehmonlar hammasi kemada. Emir doimgidek nazari chiroyli qizlarda. Shu payt Tufan Emirga qo'ng'iroq qiladi:
- Janob Emir, sizga bir gap aytmoqchiman. Kemal Soyder siz bilan uchrashishni xoxlamadi.
- Sen buni hal qilishing kerak Janob Tufan.
Emir telefonini o'chiradi. Kimdir uning yelkasiga qo'lini qo'yadi. Ortiga qarasa, Nihan edi. Nihan Emir bilan gaplashib bo'lgach, kichik katerda dengizda suzgani ketadi.
Kemalning telefoni jiringlaydi.
Kemal: - Allo.
Emir: - Kemal Soyder.
Kemal: - Ha.
Emir: - Emir Kozcioglu.
Kemal: - Sizni eshitaman Janob Emir.
Emir: - Sizga bizning loyiha yoqmadimi?
Kemal: - Janob Emir, bu loyiha bo'yicha Janob Tufan bilan gaplashishimiz noto'g'ri. Boshliq o'zingizsiz. Shuning uchun o'zingiz bilan kelishishimiz kerak. Bu joyda siz bo'lishingiz kerak edi.
Emir: - Siz men bilan bir joyda bo'lolmaysiz. Bu bo'lishi ham mumkin emas. Tenderda ko'rishamiz.
Kemal: - Agar ko'rishsak.
Emir: - Siz bilan tanishish haqida gaplashyapman. Men bilan tanishishingiz mumkinmi?
Kemal: - Mumkin.
Emir: - Sizga ertaga uchrashuvimiz haqida qo'ng'iroq qilishadi. Hayrli tun Janob Kemal.
Nihan Emir tayinlagan Soqchi bilan kemada ketayotsa, kemadan tushib ketishiga oz qoladi. Soqchi unga ehtiyot bo'lishini aytadi. Shu payt oyog'i arqonga ilingancha Nihan suvga tushib ketadi.
Suv ostida bir odam kelib uning oyog'ini arqondan bo'shatib so'ng g'oyib bo'ladi. Nihan unga qarab uni tanimay qoladi. Bu Kemal edi. U asta chekaga chiqib, Kemaning chetiga berkinadi. Soqchi esa suvga o'zini tashlab Nihanni tepaga olib chiqadi.
Kemal... Kemal...
Nihan Kemalni chaqiradi.
Nihan: - Kemal. Men uni ko'rdim. U qani?
Soqchilar Emirga xabar berishini aytganida Nihan ularni to'xtatadi. So'ng suvdagi holatni eslaydi va Kemalni ko'rganini aytadi. Soqchidan bo'ynida tumor borligini so'raydi. Soqchi tumori yo'qligini aytadi.
Nihan: - Men uni bo'yningda ko'rgandim. Uni balkim dengizda yo'qotgandirsan?
Soqchi uni kemadan tepada chiqarib oladi. Soqchi jurnalistlarni ko'rib qoladi. Ular ketishayotganda jurnalistlar ularni ham ko'rib qoladi va ularning yoniga yugurib kelishadi.
Nihanga savollar berishadi. Nihan javob bermay mashinasida ketadi. Nihan mashinada ham suv ostidagi voqea haqida o'ylaydi.
So'ng yo'l bo'yida to'xtaydi.
5 yil avval...
Kemal oila a'zolari bilan hayrlashmoqda. U katta konga ishga ketayotgandi. Nihan bir chetda uni yig'lagancha kuzatardi. O'sha paytda Kemal tumorini onasiga ko'rsatganicha, "bu meni balo qazolardan asraydi" deb ketadi.
Zeyneb Nihanni ko'rib qoladi. Shu payt Leyla kelib qoladi.
Leyla: - Siz bu yerda nima qilyapsiz? Nega keldingiz sizdan so'rayapman. Yig'layapsizmi? Nahotki... Bu yana yolg'oningizmi? Keting bu yerda. Siz uchun mening eshiklarim ham yopiq. Kemalni hayotidan chiqib keting.
Leylaning gaplaridan so'ng, Nihan yig'lagancha ketadi.

Nihan ushbu gaplarni eslab yig'lagancha turardi.
Nihan Zeynebga qo'ng'iroq qiladi.
Nihan: - Allo. Zeyneb.
Zeyneb: - Nihan. Tinchlikmi?
Nihan: - Zeyneb Kemal keldimi?
Zeyneb: - Yo'q u kelmagan.
Nihan: - Men uni ko'rdim
Zeyneb: - Sen akamni ko'rding? Qayerda?
Nihan esa bu aniqmasligini va Kemal kelsa albatta xabar berishini so'rab Zeyneb bilan hayrlashadi. Zeyneb ham Nihanga anchadan beri ko'rishmaganini va ko'rishishni xoxlayotganini, ertaga ko'rishishlarini aytadi.
Zeyneb sur'atga tushish agentligiga borishini aytadi. Ular hayrlashadi.
Nihan yig'lagancha mashinani haydab ketadi. Zeyneb esa Salihga sms xabar yuboradi.
Salih xabarni o'qiydi. "Salih, mening akam keldimi?"
Salih Zeynebga qo'ng'iroq qiladi. Ular biroz gaplashishadi.
Kemal Leylaning yoniga keladi. Ular hursand bo'lganicha ko'rishishadi.
Leyla: - Kech bo'lganda dengizga bordingmi? Hmm... Sen uni ko'rgansan shundaymi?
Nihan mashinasida Leylaning uyiga keladi.
Kemal ko'zlariga qarab, bilib gapirayotganidan Leylaga g'alati qaraydi. Leyla esa:
- U seni ko'rdimi? - deb so'raydi.
Kemal dengiz bo'yidagi holatni eslaydi. Nihanning "Kemal" degani hayoliga keladiyu, Leylaga yo'q deganday boshini siltaydi.
Nihan asta Leylaning uyiga yaqinlashadi. Kemal va Leyla gaplashib turishgan payti eshik taqillaydi. Kemal Leylaga birov kelishi kerakmidi deydi. Leyla yo'q deganicha eshikni borib ochadi.
Nihanni kelganini ko'radi va usti xo'lligini ko'rib, undan hol-axvol so'raydi. So'ng uyga taklif qiladi. Kemal esa ichkariga berkinadi.
Nihan kelib stulga o'tiradi.
- Men Kemalni ko'rdim!
Leyla: - Qayerda?
Nihan: - Suv ostida.
Leyla kuladi:
- Sen ichdingmi? Axvoling yaxshimasmi?
Nihan: - Ha. Men ichkaridan Kemalning ovozini eshitdim.
Leyla: - Xo'sh, qanaqasiga?
Nihan: - Men o'yladimki, u qaytsa birinchi shu yerga keladi deb.
Nihan afsuslangancha o'tgan voqealarni so'zlaydi.
Leyla: - Kemal kelsa sizga nima xo'sh? U kelsa oilasini yoniga keladi. Oilasi shu yerda. Siz esa u uchun hechkimsiz. Uning kelishini sizga nima qizig'i bor?
Leylaning bu gaplaridan Nihan hayratlanadi va bezovta qilgani uchun uzr so'rab u yerdan ketadi.
Nihan ketgach Kemal ichkaridan chiqadi. Leyla undan butunlay qaytdingmi deb so'raydi.
Nihan uyga keladi. Emir esa divanda o'tirardi. Nihan dushga kirib yuvinmoqchi bo'ladi.
Emir: - Nihan men seni 5 yildan beri kutaman, besh yil. Nima uchun 5 yil? Nega 5 yildan beri haqiqiy turmush o'rtoqlardek yashamaymiz.
Nihan unga bas qilib, chiqib ketishini aytadi. Emir esa yana ukasini xoxlasa qamoqqa olinishi mumkinligini aytib Nihanga baqiradi.
- Xoxlasang hoziroq ajrashishimiz mumkin. Xoxlaysanmi? Ukang o'rnida qamoqqa olinadi. Javob ber.
Nihan: - Emir iltimos, meni tinch qo'y!
Emir: - O'yin allaqachon boshlanib bo'lgan. Turmush qurganimizga 5 yil bo'ldi. Demak sen meni xotinimga aylanib bo'lgansan.
Emir xonadan chiqib ketadi.
Zeyneb onasidan ko'ylagini so'raydi va birdan Kemalning xonasiga kirib qoladi. Qaraydiyu hursandligidin oyisiga baqirib yuboradi.
- Aaaa! Bo'lishi mumkin emas...
Fexime qizining ovozini eshitgancha oshxonadan yuguradi.
Xonada Kemal yotgandi va Zeynebni ko'rib o'rnidan turadi. Xursand bo'lishgancha ko'rishadi. Tarik ham kelib u bilan ko'rishadi.
Xuseyn ham kelib o'g'li bilan ko'rishadi. Ular juda ham hursand edilar.
Zeyneb tashqariga chiqadi va Nihanga qo'ng'iroq qiladi. Telefoni o'chik.
Nihan ertalabki badantarbiya yugurishi bilan shug'ullanayotgandi. Dengiz bo'yiga kelib yig'laydi. Bir kichkina qizaloq uning yoniga keladi va ro'molcha tutadi.
Nihan qizaloq bilan gaplashib turishadi. U achchiq qismati haqida qizaloqqa gapirib beradi.
Vildan xizmatkorga Ozanning dorisini ichishini aytib qo'yishini tayinlaydi. So'ng gazetada bir maqolaga ko'zi tushib, ensasi qotadi.
Vildan Onderning yoniga chiqib, ushbu maqola bo'yicha tortishib ketishadi. Shu payt Ozan chiqib keladi. U ham maqolaga qaraydi. Nihan ham keladi. So'ng xonasiga kirib ketadi. Vildan esa hechnim bo'lmagani haqida
Nihan xonasida yuvinib oyna oldida artinayotsa, telefoniga SMS keladi. SMS ochib o'qiydi.
Kemal ishga ketishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Nihan Zeynebga qo'ng'iroq qiladi. Kemal telefonni olaman deganda Zeyneb duganam deya telefonni Kemaldan birinchi oladi.
Zeyneb va Nihan gaplashishadi.
Soyderlar nonushta qilishmoqda. Tarik gazetadagi maqolani o'qib o'tirsa Xuseyn gazetani yig'ishtirishini aytadi.
Endi ovqatlangani o'tirgan Kemalning telefoni jiringlaydi.
Kemal: - Allo.
Tufan: - Dasturga biroz o'zgartirish kiritgandik. Janob Emir siz bilan bugun ko'rishishi kerak ekan shundaymi?
Kemal: - Ha.
Tufan: - Soat 5dan so'ng. Klubda.
Kemal Nihan yoqtirgan klub haqida eslaydi. So'ng:
- Yaxshi. Men 5 soatdan so'ng boraman.
Tufan: - Taklifni qabul qilganingiz uchun rahmat Janob Kemal.
Emir Kemalning ma'lumotini ko'rib o'tiradi. Tufan uchrashuv hal bo'lganini aytadi.
Emir: - U oddiy shaxtachi bo'lgan. Shaxtadagi xodisa tufayli Janob Haqqiyning nazariga tushgan.
Emir qo'lidagi hujjatlarni Tufanning ko'ksiga uradi va jaxl bilan turib ketadi...

Davomi haqida endi keyingi sonlarda gaplashamiz...

Active tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan uzbekona.uz sayti mualliflik
huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa
manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa
saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
Manba: "Uzbekona.Uz"


Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 18 | Добавил: Active | Теги: rivoji, turk, iztirobi, voqealar, sevgi, BILAN, Kemal, seriali, 4-qism, (Emir
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться