Senegallik Xudia Diop terisi rangi bilan ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

Senegallik Xudia Diop modalar namoyishlari va ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Internet foydalanuvchilari uni "eng qora teri sohibasi” deb atashmoqda

Twitter, Instagram va Facebook foydalanuvchilari o`z sahifalarida 19 yoshli senegallik qizning suratlarini e`lon qilishmoqda, deb yozadi "Lenta.ru”.

Xudianing aytishicha, bolaligida uni terisi rangi uchun masxara qilishardi. 

15 yoshida Fransiyaga ko`chib o`tgan va 17 yoshida modelga aylangan Diop hozirga qadar atrofdagilarning hayratiga va ayrim hollarda masxara qilishiga sabab bo`lmoqda. 

"Ulg`ayganim sari men o`zimni sevishga va atrofdagilarning yomon munosabatiga e`tibor bermaslikka o`rgandim”,—deydi Xudia. 

Qora tanli modelning Instagram sahifasini hozirga kunda 300 ming nafar internet foydalanuvchisi kuzatib boradi. 

Diopning fikricha, o`zining ijtimoiy tarmoqlarda mashhurligi bilan u moda va go`zallik haqida orzu qiladigan minglab qora tanli ayollarga nisbatan munosabatning o`zgarishiga ta`sir ko`rsatadi. 

"Men qora tanli ayollarni ilhomlantirishni va ularni yanada kuchliroq qilishni istayman”,—deydi Xudia o`z rejalari bilan o`rtoqlashar ekan. 

Xudia ayni paytda Nyu-York va Parijda The Colored Girl Inc  agentligi bilan shartnoma imzolagan.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 255 | Добавил: Active | Теги: Diop, Senegallik, terisi, ijtimoiy, tarmoqlar, Xudia, BILAN, rangi, yulduziga, aylandi
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться