Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Saudiyalik shahzodalardan biri sud hukmiga binoan qamchi bilan savalandi

Автор: Adminкатегория: Dunyo newsдата: 03-Ноябрь-2016, 11:52

Saudiya Arabistonida hukmronlik qilayotgan sulolaga tegishli shahzoda sud hukmiga binoan qamchi bilan savalandi, deb xabar berdi "Lenta.ru” nashri.

Jazolangan shahzodaning ismi-sharifi, qanday jinoyatni amalga oshirgani hozircha oshkor etilmagan. Faqatgina uni hali yana qamoq jazosi kutayotganligi ma`lum qilingan. Qamchilash 31 oktyabr kuni tibbiy ko`rikdan keyin amalga oshirilgan.

11 oktyabr kuni boshqa bir shahzoda Turki bin Saudi al-Kabir uch yil ilgari sodir etgan o`g`irligi uchun boshi tanasidan judo qilingan edi.

Qamchilash — Saudiya Arabistonida keng tarqalgan jazo turlaridan biri hisoblanadi. Bu borada "Rekord” natijaga misrlik Muhammad Ali al-Sayid erishgan bo`lib, u 1990 yilda to`rt ming marotaba qamchilashga hukm qilingandi. Bundan norozi bo`lgan jahon hamjamiyatiga haliyam unga rahm-shafqat qilingani, aslida qilgan o`g`irligi uchun qo`li kesilishi shart bo`lgani ma`lum qilingan edi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: shahzodalardan, binoan, Sud, qamchi, savalandi, biri, BILAN, hukmiga, Saudiyalik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги