Keldi nogoh hayotimga Favqulotda sensizlik, Chirt uzildi sevgi yaproq, Ishqimiz bog’i kuzlik. Muboraklar bo’lsin, ey yor, Endi senga mensizlik, Mensizlik, ey mensizlik.
G’azal qonin qalamini Bo’lmas ekan sindirib, Loyqa dardni ko’z gavhari Chiqararkan tindirib. Sen ketarsan o’zga yo’ldan, Umrimga keldi kirib Sensizlik, sensizlik.
Endi seni yor demoqqa Yor, yor, yor, Na haqqim bor, na huquqim Bor, bor, bor. (x2)
Bag’rim o’rtar borgan sari Qismatimning xatolari, Qay qo’l bilan chekildi, yor, Ayriliqning imzolari.
Husnubingdan ketmas nari Boshginasin savdolari, Ikkimizga o’tmish endi Sevgi degan dunyolari.
Ikkimizga o’tmish endi Sevgi degan dunyolari.
Endi seni yor demoqqa Yor, yor, yor, Na haqqim bor, na huquqim Bor, bor, bor. (x2+x4)