0

Samvel Babayan shogirdlari Liga Kubogidan so'ng, navbatdagi musobaqadan ham chiqib ketishdi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 18.08.2019
O'zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda «Surxon» klubi «Lokomotiv»ni 3:1 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. «Temiryo'lchilar» Liga Kubogidan so'ng, mazkur musobaqani ham muddatidan oldin yakunlashdi.

Ayni vaqtlarda 1/8 finalidan o'rin olgan «Nasaf» – «Andijon», «Navbahor» – «Neftchi», «Paxtakor» – «Yashnobod» uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Kecha esa «Bunyodkor», «Oq-tepa», «So'g'diyona» va AGMK O'zbekiston Kubogining chorak finalga chiqqandi.

“Surxon” – “Lokomotiv” 3:1

Gollar: Sardor Mirzayev 7, – 0:1. Azamat Isroilov 39, – 1:1. Abdulaziz Yusupov 82, – 2:1. Darko Stanoyevich 90+3 penalti, – 3:1.

«Surxon»: Sardor Qobuljonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov (Asror G'ofurov, 60), Rahmatullo Berdimurodov, Abdul Aziz Yusupov (Azamat Allaniyazov, 90+3), Abror Ismoilov, Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, Husniddin G'ofurov, A'zam Aliyev, Darko Stanoyevich.

«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Oston O'runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev (Diyorjon Turopov, 85), Temurxo'ja Abduxoliqov (Medina Smit, 65), Islom To'xtaxo'jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Arslanmirat Amanov, Igor Yelich.

Chetlatish: Islom To'xtaxo'jayev 90+1.

Теги: sport