Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Samsung kir yuvadigan mashinalari portlash xavfi bor deb e`lon qilindi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 30-Сентябрь-2016, 14:04

Iste`mol tovarlar xavfsizligi bo`yicha AQSh komissiyasi Samsung kir yuvadigan mashinalarining egalarini uskunada portlash xavfi borligini aytib ogohlantirdi. Bu haqda CNN Money sayti xabar berdi.

Ushbu e`lon 2011 yilning martidan 2016 yilning martigacha ishlab chiqarilgan uskunalarga tegishli. Aniq modellar haqida ma`lumot beilmayapti.

Komissiya odamlarga "delikatnaya stirka” rejimidan foydalanishni taklif qildi, sababi barabanning past tezligi xavfini kamaytiradi.

Texas, Jordjiya va Indiana shtatida yashovchilar kir yuvish chog`ida kir moshinalar portlaganini ma`lum qilishgan. Nyu-Jersi federal sudiga bildirilgan da`vo arizada Samsung mahsulotlarida nuqson borligini yashirishga urungan.

Sud jarayonida kompaniya vakillari izoh berishdan bosh tortishdi. Ular Samsung AQSh hukumati bilan ishlashini ma`lum qilishdi. Bundan tashqari, ularning so`zlariga ko`ra, 2011 yildan kir moshina egalari tomonidan 100 milliondan ortiq xavfsiz kir yuvish jarayoni amalga oshirilgan.

Samsung shuningdek akkumulyatori portlagan 2,5 million Galaxy Note 7 smartfonlarni qaytarib oldi. Bir qator xorijiy aviakompaniyalar o`z samolyotlarini bortida ushbu uskunadan foydalanishni ta`qiqlashdi. Samsung 35 ta shunday holatni qayd etgan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Samsung kir yuvadigan mashinalari p

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги