0

Samarqanddagi AYoQShning nima sababdan yonib ketgani ma’lum qilindi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 24.08.2019
Samarqanddagi Olimpiya zaxiralari kolleji oldidagi yonib ketgan «zapravka» haqida O‘zbekiston FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumot berdi.

12 avgust kuni soat 17:27 da Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 5-uyda joylashgan «Avtogaz-Invest» oilaviy korxonasiga qarashli ko‘p yoqilg‘ili avtomobillarga suyultirilgan gaz va benzin yoqilg‘isini quyish shoxobchasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish avtoekipaji va 2 ta yordamchi texnika jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga soat 17:30 da yetib borgan va yong‘in soat 17:40 da qurshab olinib, soat 17:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida shoxobchaning 2 ta gaz va 1 ta benzin quyish kolonkasi, 200 kvadrat metr maydonda shifti, tomi hamda operator xonasining ichki jihozlari yonib zararlangan. Shoxobchaga yoqilg‘i quyish uchun kelgan Nexia-1 rusumli avtomobilga benzin quyish vaqtida elektr statik hodisasi ro‘y berishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Теги: yangiliklar, kunlik, jinoyat