Zarur masalliqlar:500 gr.yashil loviya,250 gr. tovuq go`shti, 1 ta kizil bulg`or qalampiri, 1 ta piyoz, 4 osh qoshiq o`simlik yog`i; sous uchun: 50 ml. suv, 2 osh qoshiq balzam sirkasi, ta`bga ko`ra tuz, garmdori va shivit.
Tayyorlanishi:1. Yashil loviyani tuzli suvda 2 daqiqa qaynatib oling, yumshab ketmasin. Tovuq go`shtini uzunchoq shaklda kesib olib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring.
2. Piyoz va bulg`or qalampirini ham somoncha shaklida to`g`rab, tovuqdan qolgan yog`da qovuring. So`ng yashil loviyani ham solib, yana 5 daqiqa olovda qoldiring.
3. Tovuq va sabzavotlarni bir idishga solib aralashtiring.
4. Sous uchun mo`ljallangan mahsulotlarni aralashtirib, salat ustiga quying-da, yana bir bor yaxshilab aralashtiring.
6 kishilik
40 daqiqa
Olxo`ridan tuhfa
Qaynonangizning ko`nglini olish uchun taklif!
Zarur masalliqlar: 600 gr. olxo`ri, 500 gr. un, 200 ml. smetana, 120 gr. shakar, 100 gr. sariyog`, 50 gr jigarrang shakar, 2 dona tuxum, 15 gr. xamiryumshatgich, bir chimdim vanilin, tuz.
Tayyorlanishi:
Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni shakar, vanilin va tuz bilan aralashtiring. Tuxumlarni donalab solib, har birini 1 daqiqadan mikserda aralashtiring.
Endi smetanani qo`shasiz-da, mikserda aralashtirishda davom etasiz. Arlashmaga xamiryumshatgich va elangan unni soling-da xamir qoring. Xamir yumshoqqina bo`lsin, qo`shimcha un qo`shmang.
Xamirni 1 sm. qalinlikda yoyib, pishiriq qog`ozi solingan patnisga joylashtiring. Olxo`ri ikki pallaga ajratib, donagini olib tashlang-la, xamir ustiga terib chiqing. Keyin ustiga sochiq yopib issiq joyga 1-2 sotga qo`ying.
Olxo`rilar ustiga jigarrang yoki oddiy shakardan sepib, 200 darajada qizidirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib oling. Olxo`rili, mazali va orginal pirog pishdi, osh bo`lsin!
5 kishilik
3 soat
Qo`ziqorinli taom
Nozik mehmonjonlar tashrif buyurganda…
Zarur masalliqlar: 4 bo`lak tovuq go`shti (suyaksiz qismi), 4 ta qo`ziqorin, 200 gr mayonez, 100 gr. pishloq, yarim bog` ko`kpiyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
Go`shtning ustiga qalinroq sellofan yopib, bolg`acha bilan urib, yumshatib oling. So`ng tuz, murch sepib, ikkala tomoniga ham mayonez surting.
Qo`ziqorinning bosh qismiga pishloq bo`lagini joylab, go`sht bo`lagining o`rtasiga qo`ying. Ustiga sariyog` bo`lagini qo`yamiz. Shunda go`sht yanada shirador bo`ladi.
Go`shtni tugib, tishkovlagichlar bilan mahkamlang. Yana mayonezdan surtib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo`ying.
Taomni ko`kpiyoz bilan bezab, dasturxonga torting.
4 kishilik
1 soat
Italyancha pomidor
Engilgina tamaddiga tobingiz qalay?
Zarur masalliqlar: 100-150 gr. pishloq, 2-4 ta pomidor, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, mayonez va tuz.
Tayyorlanishi:
Yuvilgan pomidorlarni parrak qilib to`g`rang. Yassi likopchaga pomidorlarni joylab chiqing. Ozroq tuz seping.
Sarimsoqpiyozni ezing-da, mayonez bilan aralashtiring. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing.
Іar bir pomidor ustiga sarimsoqpiyozli mayonezdan surtib chiqing. So`ng pishloqdan sepib, ko`katlar bilan bezang. Italyancha pomidorlar tayyor!
4 kishilik
5 daqiqa
To`yimli pirog
Saharlikka tayyorlab qo`ying!
Zarur masalliqlar: 400 gr. oshirma xamir, 350 gr. karam, 1 ta qizil sabzi, 1,5 osh qoshiq tomat, yarim stakan suv, 1 ta dafna bargi, 3 4 osh qoshiq o`simlik yog`i, ko`kpiyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
Karamni maydalab uzunchoq shaklda to`g`rang, sabzini esa katta tishli qirg`ichdan chiqarib oling.
Qizdirilgan o`simlik yog`iga, karam va sabzini soling. Bir necha daqiqa qovurib, ozgina suv soling-da, dimlang.
10 daqiqadan so`ng qolgan suv va tomatni qo`shib, yana 10 daqiqaga dimlaysiz. Tayyor bo`lishiga oz qolganda tuz, murch va dafna bargini solib yuboring. Keyin pishgan karamni soviting.
Xamirni yoyib gaz pechi patnisiga joylang. So`ng ustiga sochiq yopib, 10-15 daqiqaga qoldiring. Endi karamni solib, 190 darajada qizidirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Tayyor bo`lgan pirog ustiga ko`kpiyozdan seping.
5 kishilik
60 daqiqa
Mevali desert
Kechki sayrdan so`ng ayni muddao
Zarur masalliqlar: 250 gr. qulupnay, 200 gr. olcha, 150 grammdan plombir muzqaymoq va mevali yogurt, 4 ta o`rik, 2 ta kivi.
Tayyorlanishi:
O`rikni parrak shaklda kesib oling. Qulupnayni yuvib, quritib olgandan so`ng 4 bo`lakka bo`ling.
Kivini po`stidan tozalab, ikkiga so`ng esa ingichka qilib bo`lib chiqing. Olchani ham danagidan tozalab, mayda bo`laklarga bo`ling.
Barcha mevalarni bir idishga solib aralashtiring. Xona haroratida turgan muzqaymoq va yogurtni yaxshilab aralashtiring. Mevalarni chiroyli shisha idishga soling-da, ustiga muzqaymoqli aralashmani quying. Oilaviy sayrdan kirguncha muzlatkichda tursin. Bir paytning o`zida ham yaxna, ham vitaminlarga boy desert tayyor.