0

Rossiyaning Saratov viloyatida sodir bo`lgan YTHda o`zbekistonlik fuqarolar jabrlandi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 31-Октябрь-2016, 17:37

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Toshkent shahri tomon yo`lga chiqqan avtobus 30 oktyabr kuni soat 08:30 da yo`l chetidagi chuqurlikka quladi, deb xabar berdi "TASS” nashri. Hodisa oqibatida 16 nafar O`zbekiston fuqarosi jabrlandi.

Avtobus salonida 28 nafar yo`lovchi bo`lgan. Polisiyachilarning ma`lumot berishicha, peterburglik 23 yoshli avtobus haydovchisi havoning sovishi natijasida muzlagan va sirg`anchiq yo`l ustida avtomobil boshqaruvini yo`qotgan, oqibatda yo`l-transport hodisasi ro`y bergan. 

"Avtobus jarlikka qulagan. Olti nafar yo`lovchi kasalxonaga yotqizilgan, o`n kishiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Qolganlar esa issiq ovqat bilan ta`minlanish uchun Oktyabrsk shahrida joylashgan maktabga yuborilgan. Ularni o`z manziliga etkazish chora-tadbirlari ko`rilmoqda”, deb ma`lumot berdi viloyat boshqaruv raisi o`rinbosari Aleksandr Burenin.

Manba: Darakchi.uz

Теги: ozbekistonlik, Fuqarolar, Rossiyaning, YTHda, viloyatida, bolgan, sodir, jabrlandi, Saratov

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги