Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Rossiyalik ayol omadsiz plastik jarrohlik tufayli o`zi va 8 yoshli o`g`lining joniga qasd qildi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 21-Октябрь-2016, 18:02

Rossiyaning Omsk shahrida dahshatli hodisa yuz berdi. 33 yoshli Anna o`z joniga qasd qildi. U o`zi bilan birga 8 yoshli o`g`lining ham o`limiga sabab bo`ldi. Bu haqda "Cosmo.ru” xabar bermoqda.  

Anna ko`p qavatli uyning 9 qavatidan qo`lida uxlayotgan 8 yoshli o`g`li bilan birga sakragan. 

Annaning tanishlari hozirga qadar yuz bergan hodisadan o`ziga kelolmayapti. Marhumaning hayoti xavas qilgulik darajada edi: Uning sevimli turmush o`rtog`i, farzandi bor edi. Biroq, keyinchalik ma`lum bo`lishicha, er-xotinlarning munosabatlari so`nggi paytlarda sovigan edi. Ular 2 yildan beri alohida yashayotgan edi. Bu yil ajrashishga qaror qilishgan edi. 

Omsk viloyati tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, Anna o`z joniga qasd qilishi sabablarini yozib, xat qoldirgan. U eri bilan ajrashish jarayonini boshdan kechirayotgan edi. 

Anna bundan avval ham bir necha marta joniga qasd qilishga uringan. Bunga sabab esa burnini to`g`irlash bo`yicha omadsiz o`tkazilgan jarrohlik amaliyoti bo`lgan. O`shanda uni na ota-onasi, na eri, bir so`z bilan aytganda hech kim qo`llab-quvvatlamagan edi. Aksincha, ular vaziyatni yanada chuqurlashtirishdi. Annani psixonevrologik dispanserdan ro`yxatdan o`tishga majburlashdi. 

 "Annani o`z joniga qasd qilish darajasigacha olib borishdi. Shunga majbur qilishdi”,—deydi marhumaning dugonasi. 

Anna biroz avval onalik huquqidan mahrum etilgan edi. Mazkur holat ham unga qattiq ta`sir ko`rsatgan. O`limidan oldin yozgan xatida u barcha yaqinlariga murojaat qildi va "Mana shu dard bilan yashang!” degan alamli ta`nani yozib qoldirdi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: oglining, OZI, Rossiyalik, VA, tufayli, Ayol, yoshli, Omadsiz, Plastik, jarrohlik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги