0

Rossiyada 2036 yilga kelib erkaklar yetishmovchiligi kuzatiladi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 16.10.2019
Rossiyada 2036 yilga kelib erkaklar yetishmasligi kuzatiladi, ammo ayollarga nisbatan demografik ustunlik davom etadi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyada erkaklar orasida o‘lim xavfining yuqoriligi bilan bog‘liq. Faqatgina Chukotkada erkaklar soni avvalgidek ko‘p bo‘ladi.

«Dastlab tug‘ilgan o‘g‘il bolalar soni ham, qizlarniki ham taxminan bir xil bo‘ladi. Masalan, 0—4 yoshdagi har ming nafar o‘g‘il bolaga 947 nafar qiz to‘g‘ri keladi. Vaziyat 20—25 yildan so‘ng o‘zgarishni boshlaydi. Unda har 1 000 nafar o‘g‘il bolaga 1 023 nafar qiz to‘g‘ri keladi va vaziyat og‘irlashishda davom etadi. Shunday qilib, muammo erkaklar o‘limi xavfining yuqoriligidadir», — deydi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti statistika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda 1 000 nafar erkakka 1 154 nafar ayol to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 2036 yilga borib bu nisbat 1 000 nafar erkakka 1 128 nafar ayol bo‘ladi.

Bunday ko‘rsatkich Chukotkadan tashqari Rossiyaning barcha hududlarida kuzatiladi. Chukotkada vaziyat aksincha bo‘lib, 1 000 nafar erkakka 956 nafar ayol to‘g‘ri keladi, 2036 yilga borib esa ayollar soni 813 nafarga kamayadi. Shuningdek, 2031 yildan boshlab Kamchatkada ham erkaklar soni ayollarnikidan ko‘p bo‘ladi.

Shu tariqa, 2060 yillarga kelib ikki nafar ayolga bir erkak to‘g‘ri keladi.

Теги: DUNYO, YANGILIKLARI, kunlik