Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Dunyo news
Rossiya Germaniyaning 40 nafar diplomatini o‘z hududidan chiqarib yuboradi
Rossiya Germaniyaning 40 nafar diplomatini o‘z hududidan chiqarib yuboradi
Дата: 26.04.2022, 10:58

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Geza Andreas fon Gayrni chaqirib, mamlakatdan nemis diplomatik missiyasining 40 nafar xodimi chiqarib yuborilishini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy saytida xabar berilgan.

“Germaniya Federativ Respublikasi elchisiga diplomatik missiyaning 40 nafar xodimi Rossiyada persona non grata deb e’lon qilingani haqidagi nota topshirildi va bu Berlinning harakatlariga simmetrik javob”, — deyiladi xabarda.

4-aprelda Germaniya Rossiya diplomatik vakolatxonalarining 40 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi. Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok rossiyalik diplomatlarning har kuni Germaniyaga, nemislar erkinligiga, jamiyat birligiga qarshi harakat qilganini va GFRdan panoh izlaganlar uchun tahdid bo‘lganligini ta’kidlagan.

Rossiya TIV Berbokning bunday mazmundagi bayonoti me’yoriy holat emasligini qayd etgan.

“Germaniya Federativ Respublikasining ushbu qarori rossiyalik diplomatlarning “Germaniya erkinligi” va “nemis jamiyati birlashuviga” qarshi ish olib borgani haqidagi yolg‘on axborotlarga asoslanib chiqarilgan, shuningdek, Ukrainada bo‘layotgan voqealar ta’siridagi munosabat”, — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining xabarida.

2022-yil boshidan beri xorij davlatlari 440 dan ziyod rossiyalik turli lavozimdagi diplomatlarni ortga qaytarib yubordi va bu oxirgi 20 yil ichida kuzatilgan antirekord. Aprel oyida Germaniyadan tashqari, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Slovakiya, Sloveniya, Belgiya, Niderlandiya, Polsha va boshqa YI mamlakatlari ham rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgan. Rossiya TIV Belgiya, Niderlandiya, Avstriya, Bolgariya va Chexiya davlatlarining diplomatlarni chiqarib yuborganiga javob qaytarib ushbu mamlakatlar diplomatik vakolatxonalarida faoliyat olib borgan xodimlarni persona non grata deb e’lon qilgan. Moskva yil boshidan buyon 150 dan ziyod diplomatni o‘z yurtlariga qaytarib yuborgan.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 39
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 14
Гостей: 14
Пользователи: 0