Ronaldu Varshavada o'z o'yini vaqtida komadan chiqqan muxlisi bilan uchrashdi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013 yili Portugaliya va Shvetsiya terma jamoalari 2014 yilgi jahon chempionati uchun saralash bahsini o'tkazayotgan vaqtda komadan chiqqan David Pavlashchik bilan uchrashdi. Bu haqda Marca xabar bergan.Futbolchi va muxlis uchrashuvi Varshavada, YeChLning guruh bosqichi doirasidagi «Legiya» va «Real» jamoalari bahsi arafasida ro'y berdi.2013 yilning kuzida Pavlashchik Portugaliya va Shvetsiya o'rtasida kechgan hamda portugallarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida 3 oylik koma holatidan keyin o'ziga kelgandi. O'sha o'yinda Ronaldu 3ta gol urgandi. Yosh muxlis yo'l transport hodisasi oqibatida olgan jarohatlari tufayli komaga tushgandi.Bu Ronaldu va Pavlashchikning ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2014 yilda Ronaldu o'z muxlisini YeChL doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi uchrashuvni tomosha qilishga chaqirgandi.«Legiya» bilan uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. O'yinning 55-soniyasida Ronalduning pasidan keyin Garet Beyl jamoasining YeChL tarixidagi eng tezkor golini urdi.

Источник: Кун.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 245 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться