Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 84
Статистика

Всего на сайте: 10
Гостей: 9
Пользователи: 1
ADMINISTRATOR

20:09
Respublika bo'ylab 3 ming nafar bola risoladagidek ta'lim ololmayapti. Nega?
Bugun Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan ko'zi ojizlar maktab-internatida O'zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining brayl alifbosidagi nashri taqdimotiga bag'ishlangan xayriya tadbiri o'tkazildi. Tadbirda kitob taqdimoti bilan birgalikda ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan adabiyotlarning tanqisligiga ham e'tibor qaratildi.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarining ta'kidlashicha, Respublika bo'ylab 3 ming nafar ko'zi ojiz bolalar o'rta maxsus ta'lim olish dargohlarida o'qimoqdalar. Ammo, ular matematika, kimyo maxsus darsliklar mavjud emas. Bu degani – 3 ming nafar bolalarning yetarlicha ta'lim olishga imkoniyatlari yo'q.
Shuningdek, badiiy adabiyotlar ham yetarli emas. Bunday adabiyotlarni yetkazib berolmagani tufayli qanchadan-qancha iste'dodlar kashf etilmayapti. Eng katta muammo – Oliy o'quv yurtlarida ko'zi ojizlar uchun adabiyotlarning yo'qligida. Talabalar domlaning ma'ruzasidan yozib olgan konspektlaridan foydalanish bilan cheklanadilar.
Odatda talabalar darslar orqali 10 foiz ma'lumotga ega bo'lishadi, qolgan bilimni esa qo'shimcha adabiyotlar yordamida egallashi lozim. Biroq ko'zi ojiz talabalarda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ushbu vaziyatni tubdan o'zgartirish uchun O'zbekiston matbuot va axborot agentligi o'z vakolati doirasida tashabbus bilan chiqib, “Ko'ngil ko'zi” nomli keng miqyosli dastur ishlab chiqdi. Ushbu dasturda ko'zi ojizlar uchun yangi o'quv qo'llanmalarni nashr qilish sohasida yangi ishlanmalarni moliyalashtirish, ko'zi ojizlar uchun kitob chiqaruvchi bosmaxonalarning texnikasini yangilash va audiokitob ishlab chiqarishni rivojlantirish kabi ishlar nazarda tutilgan.
Ko'zi ojiz yurtdoshlarimiz hozirda nafaqat adabiyotlardan, balki axborot oqimidan ham uzilib qolmoqdalar. Ko'zlari ojiz odamlar uchun axborot uzatuvchi internet saytlari va umuman internet manbasi bilan bog'lanish imkoniyatini beruvchi ovozli sintezatorlar ham mavjud emas.
Bugungi kunda Rossiya, Qozog'iston va hatto aholisi nisbatan kam bo'lgan Qirg'izistonda ham internetlardan bemalol foydalanish uchun ovozli sintezatorlar ishlab chiqilgan. Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan ko'zi ojizlar maktab-internatining ona-tili, adabiyot o'qituvchisining aytishicha, agar o'zbekcha sintezator ishlab chiqilsa, ko'zi ojizlar ham internetdagi barcha ma'lumotlardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ya'ni, ular turli adabiyotlar va xabarlarni ham bemalol kuzata oladilar. Hatto telefonlarda ham ko'zi ojizlar uchun maxsus ovozli programmalar bor. Biroq, o'zbek tilida bunday dasturlar mavjud emas.
Umid qilamizki, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi “Ko'ngil ko'zi” dasturi loyihasida ushbu kamchiliklarni ham inobatga oladi.
Категория: Uzb News | Просмотров: 12 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: yurtimiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: