0

"Real"dagi mojaro: Zidan o`ziga qarshi bosh ko`targan Ronalduni kechiradimi?

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 28-Сентябрь-2016, 14:42

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiy Zinedin Zidan va klub etakchisi Krishtianu Ronaldu o`rtasidagi mojaro barham topgan ko`rinadi. Evropa chempionlar ligasining "Borussiya D" klubiga qarshi o`tkaziladigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zinedin Zidan barcha muammolarga barham berilganini ma`lum qildi.

"O`yin davomida almashtirilgan futbolchi borki, bundan norozi bo`ladi, – dedi Zinedin Zidan. - Ronaldu ham bundan mustasno emas. Bo`lib o`tgan voqealardan keyin Krishtianu bilan bafurcha gaplashib oldik. Bizni oldindan murakkab o`yinlar kutmoqda.

Eslatib o`tamiz, "Las-Palmas"ga qarshi (2:2) uchrashuvning 72-daqiqasida maydondan olingan Krishtianu Ronaldu bosh murabbiyning bu qaroridan norozi bo`lgandi. Keyin esa klub prezidenti Florentino Peresga Zidanning ustidan arz qilgan edi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Realdagi mojaro: Zidan oziga qarshi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги