“Real” rahbariyati Ronaldu shartnomasini 5 yilga uzaytirishni istamayapti

Madridning "Real" jamoasi rahbariyati klub etakichisi Krishtianu Ronalduning yoshi o`tib ketayotgani sabab unga 5 yillik shartnoma taklif qilishdan bosh tortmoqda. Bu haq iSport.ua xabar bermoqda.

Avvalroq shartnomaning moddiy tomonlari kelishilgani haqida xabar qilingandi. Ronaldu yangi shartnomaga ko`ra,  yiliga bonuslardan tashqari  23 million evro miqdorida maosh oladi. Hozir futbolchi va klub rahbariyati yangi shartnoma muddati bo`yicha kelisha olmayapti.

31 yoshli futbolchi o`z faoliyatini Madridda yakunlamoqchi va klubdan 5 yillik shartnoma tuzishni talab qilmoqda. "Real" xo`jayinlari esa Krishtianu bilan to`rt yillik bitim tuzishni mo`ljallamoqda.

Ushbu muammo qanday hal bo`lishi va tomonlar o`zaro kelishuvga erisha oladimi, yo`qmi, hozircha noma`lum. Voqealar rivoji kuzatishda davom etamiz. 


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 263 | Добавил: Active | Теги: rahbariyati, Ronaldu, istamayapti, shartnomasini, uzaytirishni, yilga, “Real”
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться