Qirg‘iziston delegatsiyasi Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi

1-oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziyev boshchiligidagi delegatsiya Andijonga do‘stlik safarini uyushtirdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibiga davlat organlari vakillari, madaniyat arboblari, yoshlar — jami 130 kishi kirdi. Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular orasida O‘sh, Batken va Jalolobod idoralari, TIV, mahalliy o‘zini boshqarish organlari va sport idoralari xodimlari, O‘sh shahri meri Aytmamat Qodirboyev va boshqalar bor edi.

Delegatsiya Andijonning Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara postida tantanali kutib olindi.
Bir kunlik safar mobaynida mehmonlar diqqatga sazovor yerlarda, ta’lim va madaniyat muassasalarida bo‘ldi. Jumladan, ular Bobur bog‘i va muzeyida, Andijon Davlat universitetida, “Do‘stlik uyi” va yaqinda rekonstruksiya qilingan Andijon vokzalida bo‘ldi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston vakillari Andijon qilichbozlik markazida Rio–2016 sovrindorlari bilan uchrashdi, shuningdek, Oltinko‘l tumanida namunali loyihalar asosida qurilgan uy-joy komplekslari bilan tanishib chiqdi, Asaka tumanidagi GM Uzbekistan zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif tantanali qabul va konsert bilan yakunlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Farg‘ona va Namangan viloyatlari vakillari ham ishtirok etdi.

Источник: Дарё.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 498 | Добавил: Admin
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться