Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi Davlatdan kirdingiz?
Всего ответов: 137
Статистика

Всего на сайте: 61
Гостей: 61
Пользователи: 0

04:33
Qashqadaryolik yigit SMS-xabardagi «terrorist» so‘zi uchun qo‘lga olindi
Chiroqchi tumanida yashovchi T.Y. tanishi orqali telefoniga Paynet'dan pul tashlattiradi, deb xabar qildi Kun.uz nashri.

Shu bilan birga, javob SMS kelmaydi. Shundan so‘ng, u uyali aloqa kompaniyasi operator raqamiga: "Shu raqamni tekshirib bering", "Telefon qiling, savolim bor", "Javob bering", "Pul tushmayapti, nimaga ulangan bo‘lsa o‘chirib beringlar", degan mazmunda xabarlar yozadi.

Operator abonent so‘rovlariga javob qaytarmaydi. Bundan jahli chiqqan T.Y. aloqa kompaniyasi e’tiborini tortishning boshqa yo‘lini topadi. U operatorga: "Yordam. Terroristlar qo‘lidaman", deb SMS jo‘natadi.

Qiziq holat, bu xabarga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari e’tibor qaratadi.

Gazeta muxbirlarining qayd etishicha, yigit qo‘lga olingan.
Категория: Uzb News | Просмотров: 17 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: yurtimiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: