Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Qamoqdagilar Prezident saylovida ishtirok etadimi?

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 07-Ноябрь-2016, 18:33

"Eshitishimcha, bu yil saylovda qamoqdagilar ham ovoz berishi mumkin ekan. Shu to`g`rimi? Yana qanday o`zgarishlar kiritilgan?”

Viloyat Muzaffarova, Termiz shahri

Markaziy salov komissiyasi matbuot xizmati:

—  O`zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi 396-son O`RQ "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonuniga muvofiq "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonuniga bir qator o`zgartirsh va qo`shimchalar kiritildi.

Jumladan, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda harakatlar kuzatuvchilariga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilishi belgilangan.

Shuningdek, saylov uchastkalari qamoqda saqlash joylarida tashkil etilishi mumkin.

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o`n sakkiz yoshga to`lgan, ro`yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilgan O`zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar ro`yxatiga kiritiladilar.

Har bir fuqaroga ro`yxatga kiritilmaganlik, noto`g`ri kiritilganlik yoki ro`yxatdan chiqarilganlik yuzasidan, shuningdek ro`yxatda saylovchi to`g`risidagi ma`lumotlarni ko`rsatishda noaniqlikka yo`l qo`yilganlik xususida shikoyat qilish huquqi beriladi. Bu masalaga doir ariza uchastka saylov komissiyasi tomonidan ko`rib chiqiladi, arizani uchastka saylov komissiyasi kechi bilan yigirma to`rt soat ichida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol ko`rib chiqadi.

Shuningdek, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, turlari, shakllari va usullariga aniqlik kiritilgan. Saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki saylovdan bir kun oldin ham olib borish taqiqlanishi belgilangan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Prezident, ISHTIROK, saylovida, Qamoqdagilar, ETADIMI?

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги