Prokuratura Jasurbek Ibrohimov ishi bo'yicha tergovni yakunladi

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimovning o'limi bilan bog'liq masala jinoiy ishlar bo'yicha Toshkent shahar sudiga oshirilgan. Bu haqda Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Murodjon Sodiqov Toshkent shahar IIBBda bo'lib o'tgan brifing vaqtida berilgan savolga javob sifatida gapirib o'tdi. 

«Bu masala jinoiy ishlar bo'yicha Toshkent shahar sudiga oshirilgan. Bu borada qolgan barcha ma`lumotlar sud ishi davomida ochiqlanib boradi», deya javob bergan Sodiqov.

Ma`lumot uchun, 17 yoshli Jasurbek Ibrohimov joriy yilning mayida kollejdoshlari bilan kelib chiqqan mojaro natijasida qattiq kaltaklangan va og'ri jarohat olib, 1 iyun kuni vafot etgandi.

Источник: Кун.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 78 | Добавил: Active | Теги: bo'yicha, yakunladi, Ibrohimov, tergovni, ISHI, Jasurbek, Prokuratura
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться