0

Prezident maktablari qanday bo‘ladi?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 23.05.2019
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Prezident maktabi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini baholagan holda ularni qabul qilish belgilab olingan. Shuningdek, Prezident maktablariga xorijdan malakali mutaxassislar tanlab olish ham ko‘zda tutilgan.

Prezident maktabi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, shuningdek, o‘z nomi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, logotipga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi. Butun Respublika bo‘ylab 14 ta Prezident maktablari tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan maktablar ta’sischisi Xalq ta’limi vazirligi hisoblanadi.

Prezident maktablari bevosita Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Vazirlik maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.

Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

Теги: Yurtimizda